O‘zbekistonda harorat +12 darajagacha ko‘tariladi! 16-18-yanvardagi ob-havo ma’lumotlari bilan tanishtiramiz
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmoqda. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 16-yanvarda yogʻingarchilik kutilmaydi, 17-18-yanvar baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkun. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-yanvarda kechasi 3° sovuq-2° iliq, 17-18-yanvarda 0-5° iliq, 16-17-yanvarda kunduzi 5-10° iliq, 18-yanvarda 3-8° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 1-6° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 16-yanvar yogʻingarchilik kutilmaydi, 17-18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 0-5° iliq, 16-17-yanvar kunduzi 6-11° iliq, 18-yanvar 4-9° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, 16-yanvar yogʻingarchilik kutilmaydi, 17-18-yanvar baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, 16-yanvar kunduzi 9-14° iliq, 17-yanvar 7-12° iliq, 18-yanvar 5-10° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18-yanvarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, 16-yanvar kunduzi 3-8° iliq, 17-18-yanvar 0-5° iliq boʻladi.