верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Eshigimni taqillat” seriali nimasi bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi? Serial va aktyorlari haqida to‘liq ma’lumot
16.03.2025 (yangilandi 16.03.2025)

“Eshigimni taqillat” seriali nimasi bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi? Serial va aktyorlari haqida to‘liq ma’lumot

“Eshigimni taqillat” seriali nimasi bilan tomoshabinlar qalbini zabt etdi? Serial va aktyorlari haqida to‘liq ma’lumot

“Eshigimni taqillat” seriali butun dunyo bo‘ylab millionlab ayollar qalbini zabt etdi: Instagram’da unga bag‘ishlangan heshteglar bor, muxlislar ular haqida fan-klublar va memlar yaratishadi, shou qahramonlarining kiyimlari esa do‘konlardan darhol sotib olinadi. Asosiy qahramonlar – Eda Yildiz va Serkan Bolat ham tomoshabinlar e’tiboridan chetda qolmadi. Ular nafaqat Turkiyaning eng go‘zal aktyorlari ro‘yxatiga kirdi, balki haqiqiy go‘zallik timsollariga aylandi. Xo‘sh, nega bu serial virusli hitga aylandi? Quyida batafsil javob beramiz.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Serial qanday paydo bo‘ldi va nega u shunchalik mashhur bo‘ldi?

“Eshigimni taqillat” odatiy turk seriallaridan tubdan farq qiladi: bu yerda sultonlar, Gyunesh qizlari yoki tarixiy voqealar yo‘q – barchasi dolzarb va zamonaviy masalalar ko‘tarilgan.

Serial Istanbulning zamonaviy muhitida rivojlanadi. Bosh qahramonlar esa me’morlik byurosida ish olib borayotgan yosh yigit-qizlar. Serialning o‘ziga xos jihatlaridan biri – uning davomiyligi. Serial 2 fasl va 161 qismdan iborat bo‘lib, har bir qism bir soatdan ortiq davom etadi!

TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Birinchi qism 2020-yil yozida efirga uzatilgan, final esa 2021-yil kuzida bo‘lib o‘tgan. Davomi suratga olinmagan bo‘lsa-da, serial hali ham 85 ta mamlakatda mashhurligini yo‘qotmagan.

“Muxlislarni serialdagi nimalar o‘ziga tortdi?” degan savolga ko‘pchilik soddalik va samimiylik deb e’tirof etdi. Unda teatrlashtirilgan dramatik sahnalar va ortiqcha balandparvoz so‘zlashuvlar yo‘q. Qiziqarli syujet va ko‘plab hikoya yo‘nalishlari – hattoki ikkinchi darajali qahramonlar ham chuqur yoritilgan.

Веселый каст турецкого сериала "Постучись в мою дверь" и их любимый розовый  парик | Много сериалов | Дзен

Go‘zal vizual tasvirlar – serial interyerlari zamonaviy, qahramonlarning kiyimlari esa brendli. Turkiya tabiatining go‘zal manzaralari ham ko‘zni quvontiradi. Musiqa – serialning saundtreki hanuzgacha yuklab olinmoqda, chunki undagi har bir qo‘shiq – haqiqiy hitga aylandi.

Serialning mashhurligiga yana bir sabab – muxlislarning unga bo‘lgan cheksiz muhabbati. Ular serialni ayniqsa, kayfiyatlari tushkun bo‘lganda, qayta-qayta ko‘rib chiqishadi. Bu trendni ijtimoiy tarmoqlardagi fan-klublar, heshteglar va Google’da qidiruv so‘rovlarining yuqori bo‘lishi tasdiqlaydi. Aktyorlarning Instagram’dagi obunachilari soni ham bunga dalil.

TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Asosiy aktyorlar va ularning rollari

Hande Erchel – Eda Yildiz

Turkiyaning eng mashhur va chiroyli aktrisalaridan biri, uslub timsoli va milliarderning qallig‘i – Hande Erchel serialning shubhasiz birinchi raqamli yulduzi. Uning Disney malikalari kabi tashqi ko‘rinishi, talanti va mehnatsevarligi tomoshabinlarning mehrini qozondi. Rol uchun Hande 15 kg vazn tashladi, fillerlar qildirdi va uslubini butkul o‘zgartirdi. Natija – ideal!

Kerem Bursin – Serkan Bolat

Turkiyaning eng sevimli erkaklaridan biri Kerem badavlat oilada tug‘ilgan bo‘lsa-da, hamma narsaga o‘zi erishgan. U AQShda aktyorlikka o‘qigan, reklamalarda suratga tushgan, lekin u yerda ulkan muvaffaqiyatga erisha olmagan. “Eshigimni taqillat” chiqqach esa, mashhurlikka erishdi. Kerem va Hande ajrashganidan keyin u “Turkiyaning eng mashhur bo‘ydoqlari” ro‘yxatiga kirdi. Qizig‘i shundaki, ba’zi muxlislar Istanbulga faqatgina aktyorni tasodifan uchratish uchun kelishadi.

Evrim Do‘gan – Ayfer Yildiz

Eda Yildizning ota-onasi vafotidan keyin uni voyaga yetkazgan mehribon ammasi rolini o‘ynagan aktrisa. Uning ijrosi shu qadar ishonchli bo‘ldiki, muxlislar ularni haqiqiy qarindoshlardek qabul qilishdi. Evrim haqida alohida to‘xtaladigan bo‘lsak, Do‘gan aktrisa sifatida juda ko‘p loyihalarda suratga tushgan, ammo “Eshigimni taqillat” serialida u haqiqiy mashhurlikka erishdi.

Anil Ilter – Engin Sizgin

U Serkan Bolatning eng yaqin do‘sti va biznes hamkori rolini o‘ynagan. U ilgari ko‘pincha salbiy qahramonlarni o‘ynagan bo‘lsa-da, bu serialda tomoshabinlarning mehrini qozondi. Ilter personaji unchalik jasur bo‘lmasa-da, juda ishonchli do‘st, shu bilan birga juda kelishgan yigit hamdir.

Elchin Afajon – Melek

Eda Yildizning eng yaqin dugonasi, oddiy va samimiy Melek – ko‘plab tomoshabinlarning qalbidan joy oldi. Biroq ba’zi muxlislar aktrisani ortiqcha vazni uchun tanqid qilishgan. U esa tanqidlarga xafa bo‘lmay, aksincha, sport zalga borib, sog‘lom ovqatlanishni boshlagan va yangi ko‘rinishi bilan barchani hayratda qoldirgan.

Bashak Gyumyuljineliog‘lu – Piril

Serkanning qiz o‘rtog‘i rolini o‘ynagan bu personaj mukammallik sindromi bilan yashaydi. Uning fe’l-atvori ba’zilarni asabiylashtirgan bo‘lsa ham, bu obraz zamonaviy, ishbilarmon ayolning aks etishiga aylandi. U hayotida sevgi borasida omadi chopmagan bo‘lsada, karyerasida ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. Bashak real hayotda Chagri Chitanakka turmushga chiqqani kabi, u serialda ham oxir oqibat o‘z sevgisiga erishadi

Neslihan Yeldan – Aydan Bolat

Serialning durdona aktrisasi va Serkan Bolatning mehribon onasi. Aynan unga mashhur iboralar va “Eshigimni taqillat” serialidagi eng ko‘p mem qahramoni bo‘lish sharafi tegishli. Hayotda Neslihan unchalik erka va og‘ir fe’lli emas, lekin shunchalik go‘zal. Ba’zilar aktrisa yoshlik sirini ochgan yoki dunyodagi eng yaxshi plastik jarrohni topgan deb gumon qilishadi. Chunki u ko‘pi bilan 35 yoshdek ko‘rinadi.

Melisa Dyongel – Jeren

Yana bir Yelduzning do‘sti bo‘lib, advokatlik faoliyatini endigina boshlagan va badavlat otaning qizi Jeren obrazini yaratgan. Ushbu obraz orqali u befarosat sarg‘ish sochli qizlar haqidagi afsonalarni rad etdi: garchi uning qahramoni shoppingni yaxshi ko‘rsa-da, u har qanday yurist bilan bellasha oladi, shuningdek, haqiqiy sodiq do‘st bo‘lishi mumkin.

Sarp Bozkurt – Erdem

Me’morlik byurosidagi assistent, bosh g‘iybatchi, lekin mehribon yigitcha Erdem “Eshigimni taqillat” serialiga o‘z hissasini qo‘shib, uni yanada hazil va yumor bilan boyitgan. Qiziq jihati shundaki, hayotda Sarp Bozkurt serialdagi qahramonidan farqli o‘laroq, juda aqlli, ziyoli va kamgap inson, shuningdek, baxtli turmush va farzandlar sohibi.

Bige Onal – Selin

Serialning antiqahramoni, makkor va baxtsiz, Serkan Bolatning sobiq sevgilisi ko‘pchilik tomonidan yoqtirilmagan, ammo ba’zilar uni tushunishga harakat qilishgan. Hayotda esa Bige Onal o‘z qahramonining to‘liq aksi: nozik, sodda va mehribon. Ammo uni Selin bilan bog‘laydigan yagona narsa: singan yurak va to‘xtatilgan unashtiruv. Bige Onal Aras Bulut Iynemli bilan munosabatlari to‘xtatilgan, qanday qilib deysizmi? Aktyor sevimlisini nikoh oldidan tashlab ketgan.

M. Sitare Akbash – Fifi

Yeldizning do‘sti bo‘lib, “Eshimni taqillat” serialining 1-faslidanoq loyihani tark etgan, bunga serialdan charchashi va hamkasblari bilan munosabatidagi muammolar sabab bo‘lgan. Ammo uning Fifi obrazi eng unutilmas qahramonlardan biri bo‘lib qoldi: feminist, pank uslubiga sodiq va juda kuchli qiz bo‘lib, to‘satdan paydo bo‘lish va g‘oyib bo‘lish qobiliyatiga ega personaj sifatida hammaning xotirasida qolgan.

“Eshigimni taqillat”: muxlislarning serial haqidagi fikrlari

“Nega bu serialni yaxshi ko‘rishimni tushuntirishim qiyin. U qandaydir sehrga ega – bu sehr nafaqat serialning ilk kadrlaridan, hattoki har bir qismning muqaddimasida ham seziladi.”

“Vizualga – 10 ball! Go‘zal va zamonaviy interyerlar, nafis kiyimlar va betakror manzaralar kayfiyatni ko‘taradi va hayotingizni yaxshilashga ilhom beradi.”

“Bu serialga nisbatan taqrizim neytral. Lekin umumiy baho – 7: go‘zallik va yorqinlik uchun. Aynan shu asar haqiqatdan qochishning eng yomon usuli emasligi uchun ham.”

Постучись в мою дверь (2020-2021) - You Knock on My Door - Постучи в мою  дверь - Sen Çal Kapımı - кадры из фильма - азиатские фильмы - Кино-Театр.Ру

“Mening fikrimcha, bu turk seriallari orasidagi eng yaxshi aktyorlar tarkibi. Qahramonlar mukammal tanlangan, bosh rollardagi aktyorlar chinakam muhabbatni – nigohlar, teginishlar, mimikalar orqali ajoyib tarzda yetkazib bera olishgan. Birinchi daqiqadan ishonasan va ular bilan birga his qilasan.”

“Bu serialni chuqur yoki hatto biroz jiddiy deb bo‘lmaydi, lekin aynan shu soddaligi va aqldan ozdiruvchi romantikasi odamni o‘ziga tortadi. Ba’zan hayotning muammolari haqida o‘ylamay, shunchaki dam olish uchun ham shunday seriallar kerak.”

TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.