Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Ob-havo maʼlumoti: 12–14-fevral kunlari harorat isiy boshlaydi
10.02.2025 (yangilandi 10.02.2025)

Ob-havo maʼlumoti: 12–14-fevral kunlari harorat isiy boshlaydi

Ob-havo maʼlumoti: 12–14-fevral kunlari harorat isiy boshlaydi

Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutiladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, 13-14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 12-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 13-fevralda 0-5° iliq, 14-fevralda 3-8° iliq boʻladi.

Buxoro viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, 13-14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 14-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.

Navoiy viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-13-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, 14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-13-fevralda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-fevralda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 4-9° iliq; 14-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi. Shimolda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 12-fevralda 3° sovuq-2° iliq, 13-fevralda 0-5° iliq, 14-fevralda 3-8° iliq boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-fevralda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, 13-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. 14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-9° iliq, 14-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-fevralda ayrim joylarda biroz qor yogʻadi, 13-14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 13-fevralda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 14-fevralda kechasi 1° sovuq-4° iliq, kunduzi 9-14° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 12-fevralda ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi, 13-fevralda baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin. 14-fevralda yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-fevralda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 13-14-fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.  

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda qor yogʻadi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 12-fevralda Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 12-fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq, 13-14-fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.