верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin
03.07.2025

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi faoliyatini BAAda davom ettirishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoy yaqin vaqt ichida Birlashgan Arab Amirliklarining “Baniyas” klubi safiga qo‘shilishi ehtimoli mavjud. “Daryo” nashrining ishonchli manbasiga ko‘ra, hozirda tomonlar muzokara bosqichida.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Manbada aytilishicha, Mozgovoy Abu-Dabi klubi taklifini qabul qilgan. Ayni paytda “Baniyas” rahbariyati “Nasaf” bilan transfer bo‘yicha kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, yaqin kunlarda rasmiy e’lon berilishi kutilmoqda.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Eslatib o‘tamiz, “Baniyas” jamoasi o‘tgan mavsum BAA Proligasida 12-o‘rinda yakunlagan. Klubning umumiy tarkib qiymati 5,6 million yevroga teng. Eng qimmat futbolchi — Mali terma jamoasi vakili Yusuf Niakate bo‘lib, u 1,5 million yevroga baholangan.

Akmal Mozgovoy “Nasaf” akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018-yildan buyon klubning asosiy jamoasi safida to‘p surib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u 223 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol va 15 ta assist muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Mozgovoyning bozor qiymatini 1,5 million yevroga teng deb belgilagan.

Shuningdek, Mozgovoy 2020-yildan buyon O‘zbekiston terma jamoasi safida harakat qilmoqda. Shu kungacha u milliy terma libosida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.