наушники со скидкой (верхний)
РУ
O’Z
UZS
/
/
1-dekabrdan ipoteka krediti uchun arizalar qabuli boshlanadi. Qanday qilib kredit olish mumkin?
22.11.2024 (yangilandi 22.11.2024)

1-dekabrdan ipoteka krediti uchun arizalar qabuli boshlanadi. Qanday qilib kredit olish mumkin?

1-dekabrdan ipoteka krediti uchun arizalar qabuli boshlanadi. Qanday qilib kredit olish mumkin?

Fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga 120 mln soʻmgacha kredit uchun onlayn ariza berishlari mumkin boʻladi. Mablagʻlar Mahalla yettiligi tavsiyasi asosida ajratiladi.

image

Yangi yilga eng yaxshi sovg‘ani topdik. BU NIMA?

icon

1-dekabrdan uy-joyni yaxshilash uchun ipoteka kreditlariga arizalar qabuli boshlanadi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hukumat qarori bilan kambagʻal oilalarga yakka tartibdagi uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlashga 120 mln soʻmgacha ipoteka kreditlari berilishi belgilangan. Mablagʻlar Markaziy bank asosiy stavkasidan toʻrt foiz bandga yuqori stavka (18 foiz) da 20 yilgacha ajratiladi.

Boshlangʻich toʻlovning bir qismini qoplash uchun kreditning 15%i miqdorida, foiz toʻlovlarining 12 foizdan oshgan qismiga besh yilgacha subsidiya taqdim etiladi. Ularni subsidyplatform.mf.uz platformasi orqali olish mumkin.

Shu bilan birga, kadastr pasportini rasmiylashtirish va koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha toʻlovlar miqdori 50 foizga kamaytiriladi.

Ipoteka kreditlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻlari hisobidan “Agrobank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” orqali ajratiladi.

Qayd etilishicha, hozirda onlayn ariza berish uchun tizim ishlab chiqilmoqda. Jarayonni joriy yilning 1-dekabrigacha yakunlash rejalashtirilgan. Undan keyin esa, toʻliq “Onlayn mahalla” elektron platformasi orqali ariza berish imkoniyati yaratiladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Yangi Shop Tashkent

map-pin

Малика, магазин 6а

Sotuvchi
phone

+998901777516

telegram-logo

@yangishoptashkent

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.