РУ
O’Z
UZS
/
/
Sitora Farmonova nikoh toʻyi boʻyicha katta sirni aytdi
14.11.2024 (yangilandi 15.11.2024)

Sitora Farmonova nikoh toʻyi boʻyicha katta sirni aytdi

Sitora Farmonova nikoh toʻyi boʻyicha katta sirni aytdi

40 yoshli aktrisa Sitora Farmonova tez orada turmushga chiqadi. Uning nikoh oqshomi Dubaydagi restoranlardan birida boʻlib oʻtadi.

Shu kunlarda aktrisa Sitora Farmonovaning turmushga chiqishi mavzusi dolzarb boʻlib turibdi. Uning muxlislari boʻlajak turmush oʻrtogʻi kim ekaniga qiziqmoqda.

12-noyabr kuni aktrisaning qiz bazmi boʻlib oʻtdi. Nikoh kechasida uning bir oʻzi, kuyovsiz ishtirok etdi. Kechaga taniqli sanʼatkorlar hamda blogerlar keldi.

Farmonova yaqinda bergan intervyularidan birida katta toʻyi qanday tartibda oʻtkazilishi haqida qisqacha maʼlumot berdi. U toʻyga hech qanday kamera kiritilmasligini aytdi.

“Dubayda boʻlib oʻtadigan nikoh toʻyiga birorta ham kamera kiritilmaydi. Baxt tinchlikni yaxshi koʻradi. Baxt oʻzi haqidagi baqir-chaqirlarni yoqtirmaydi. Mening shaxsiy hayotim faqat oʻzimga ayon boʻlishini istadim.

Muxlislarim esa ijodimni, umuman olganda, men nimani maʼqul deb bilsam, shularni bilgani maʼqul. Baxtimga ortiqcha nazar va koʻzlar tegishini xohlamayman”, deb taʼkidladi sanʼatkor.

40 yoshli Sitora Farmonovaning oʻzi intervyularidan birida asli oʻzbekistonlik, hozirda Dubayda yashaydigan Muhammad ismli insonga turmushga chiqqani haqida aytib oʻtgandi.

Kuyovnavkar marosimida hamda nikoh oqshomida kuyovning koʻrinmagani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining eʼtiborini tortgan. Aktrisa  ushbu savolni javobsiz qoldirishni maʼqul koʻrgan.