17 yashar qiz lotereyadan katta pul yutib olib, mablagʻni jarrohlik amaliyotiga sarflagandi. U hozir qanday koʻrinishda?
Oʻn yil oldin Jeyn Park ismli qiz lotereyada million funt sterling yutib olgandi. Pulning katta qismini qiz tashqi koʻrinishini oʻzgartirishga sarfladi va u avvalgi qiyofasiga butunlay oʻxshamay qoldi.
Jeyn Park atigi 17 yoshida mashhur “Yevromillionlar” xalqaro lotereyasining gʻolibi boʻldi. Maktab oʻquvchisi 1 million funt sterling sovrin qoʻlga kiritdi va tez orada sumkalar, taqinchoqlar, kiyim-kechak, yangi uy va avtomobillarga katta mablagʻ sarfladi.
Ommaviy axborot vositalarida Jeynning yutuq pulining katta qismi sevgilisi uchun qimmatbaho soatlarga sarflangani xabar qilingan edi. Biroq qiz oʻziga ham kam xarajat qilmadi: koʻplab estetik muolajalar va plastik jarrohlik amaliyotlarini oʻtkazdi.
Oʻtgan 10 yil ichida Jeyn butunlay oʻzgardi va bundan juda mamnun. Qiz koʻkrakni kattalashtirish, liposaksiya, dumbalarni kattalashtirish operatsiyalarini qildirdi, tishlariga vinir qoʻydirdi, shuningdek, lab va yonoqlardagi fillerlarni yangilash hamda botoks qildirish uchun muntazam ravishda kosmetologlar xizmatidan foydalanadi.
Umuman olganda, lotereya gʻolibi tashqi koʻrinishini yaxshilashga 50 ming funt sterling (800 million soʻmdan koʻpro1) sarfladi. Baʼzida shotlandiyalik qizning operatsiyalari unchalik muvaffaqiyatli oʻtmagan: masalan, 2017-yilda u dumba tortilishidan keyin sepsis tufayli hayoti xavf ostida qolgan.