“Ismigul”: Nega Nadyrning xitga aylangan qoʻshigʻi tarmoqlardan yoʻqoldi?


Soʻnggi oylarda oʻzbekistonlik xonanda Nadyr (Nodirbek Igamberdiyev) Oʻktam Hakimovning “Ismigul” qoʻshigʻiga qilgan qayta ijrosi tinglovchilar eʼtiborini tortdi.
2023-yilda chiqarilgan ushbu talqin anʼanaviy oʻzbek kuylarini “Enigma” guruhi uslubidagi elementlar bilan uygʻunlashtirgan. Yangi aranjirovka uzoq vaqtdan beri tanish boʻlgan qoʻshiqqa zamonaviy ohang bagʻishladi.
Qoʻshiq turli musiqa platformalarida eng yaxshi va tavsiya etilgan treklar roʻyxatiga kirdi, iTunesʼda oltinchi oʻrinni egallab, top-10 ga kirdi. Shuningdek, trek Instagramda virusli tarzda tarqaldi va mashhur xalqaro bloggerlarning reelslarida tez-tez uchray boshladi.
Yaqinda kuzatuvchilar Ismigul xalqaro platformalardan yoʻqolganini payqashdi — uni Yandex Music, Spotify, iTunes, YouTube va Instagramda topib boʻlmaydi. Nadyr administratori Shahbozxon Bahodirovning aytishicha, “Ismigul” ushbu qoʻshiq muallifining koʻplab shikoyatlari tufayli barcha musiqa platformalaridan olib tashlangan.
Sanʼatkorlar oʻrtasida yozma kelishuvlar boʻlmagani, faqatgina yozishmalar boʻlgani va ular saqlab qolinmagani sababli, trekni oʻchirishga majbur boʻlishgan.
Shuningdek, u tinglovchilarni rus va italyan tillarida ijro etiladigan “Ismigul"ning yangi talqinlari koʻrinishidagi kutilmagan sovgʻa kutayotganini qoʻshimcha qildi.