16.05.2025
Toshkent hayvonot bogʻining ish jadvaliga oʻzgarishlar kiritildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Toshkent hayvonot bogʻining kassasi soat 08:00dan 19.00gacha (avvalroq 18:30gacha edi) ishlaydi, deb xabar berdi zoopark ma’muriyati.
O’zingizga qulay bo’lgan vaqtda tashrif buyuring va siz bilan uchrashuvni kutayotgan jonivorlarimiz bilan tanishing, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Toshkent hayvonot bog‘ining asosiy kirish eshigi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan asosiy kirish joyi yonida qo‘shimcha kirish eshigi va Bog‘ishamol koʻchasi, 57-uyda bepul avtoturargohga ega ikkinchi kirish eshigi ochilgan.