19-avgust: gumanitar xizmatlar bayrami va fotosurat kuni
19-avgustda birinchi marta A vitamini sintez qilindi, AQShda quyultirilgan sut retsepti kashf qilindi va patentlandi, Belka va Strelka ismli itlar esa sovet kosmik kemasi “Sputnik-5”da kosmosga jo‘natildi. Shuningdek, 2004-yilda “Google” kompaniyasi o‘z aksiyalarini fond bozorida sotuvga qo‘ydi. Quyida 19-avgustda nishonlanadigan yana boshqa bayramlar haqida batafsil bilib oling.
Gumanitar yordam kuni
19-avgustda BMT an’anaviy ravishda har bir insonni yordam va qo‘llab-quvvatlashdan mahrum bo‘lganlarga yordam berishga chaqiradi. Kam ta’minlangan oilalar, qariyalar va kasal bolalarga g‘amxo‘rlik qilish kerak. Shu sababli, 19-avgustda xayriya tadbirlarida ishtirok etish va gumanizmni ko‘rsatish yaxshi amallar bo‘ladi.
Fotosurat kuni
Fotoapparatga yangi plyonka qo‘yishni yoki telefoningizdagi eski selfilarni tozalashni unutmang: bugun ko‘p va mazza qilib suratga olamiz. Buning uchun Toshkentdagi fotosessiya uchun eng zo‘r joylarga borib, oilangiz yoki kafeda nonushta qilayotganingizni suratga oling. Qisqasi, ichki ijodkorligingiz va fotografligingizga erkinlik bering.
Bant kuni
Bant – 2024-yilning eng mashhur trendlaridan biri. Ushbu aksessuarni to‘y soch turmaklari va liboslardan tortib manikyurgacha, dunyo miqyosidagi podiumlardan “Met Gala” qizil gilamiga qadar har joyda ko‘rishingiz mumkin. Siz ham uni qo‘llab ko‘ring, ishonchimiz komilki, bantiklar bilan obraz sizga ham yoqadi.
Kartoshka kuni
AQShda nishonlanadigan bayram bo‘lishiga qaramay, biz hammamiz kartoshkani sevganimiz uchun, keling, bugun bu bayramni birgalikda nishonlaymiz. Qovurilgan, qaynatilgan yoki o‘choqda pishirilgan. Aytgancha: kartoshka – eng kam baholangan uglevodlardan biri; u diabetiklar va oshqozon-ichak kasalliklari bo‘lganlar uchun foydali. Ha, uni dietada ham iste’mol qilish mumkin!
Yumshoq muzqaymoq kuni
Yoz tugash arafasida, shuning uchun Toshkent shahri yoki o‘z shahringizdagi eng zo‘r muzqaymoq sotadigan maskanlarga borishni unutmang. Muzqaymoqni yumshoq va shirin, ustiga topping qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan – qalbingiz istagan turidan xarid qilib, shunchaki zavqlaning!
19-avgustda tug‘ilganlar:
- Koko Shanel. Moda afsonasi, dizayner va “Chanel” uyining asoschisi. Aynan u “kichik qora ko‘ylak” trendini yaratgan.
- Mettyu Perri. Gollivud aktyori va “Do‘stlar” serialining yulduzi, 2023-yilda vafot etgan, ammo hali ham muxlislarning qalbida o‘rin tutadi.
- Bill Klinton. AQShning 42-prezidenti. Klinton qizining to‘yi eng qimmat to‘ylardan biri ekanligini bilarmidingiz?