Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar. 2025-yil boshida ularning qaysi birini tanlahs mumkin
06.02.2025

200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar. 2025-yil boshida ularning qaysi birini tanlahs mumkin

200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar. 2025-yil boshida ularning qaysi birini tanlahs mumkin

O‘tgan yili hamyonbop narxlarda bir necha qiziqarli smartfonlar sotuvga chiqarildi. Bu mashhur brendlarning modellari bo‘lib, siz qurilmalarning sifati va pishiqligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Yangi mahsulot qaysi jihatlari bilan qiziqarli va aynan qanday smartfon xarid qilish mumkinligi haqida Toping.uz to‘plamidan bilib oling.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Samsung Galaxy A16 

Chiqarilgan yili: 2024-yil

Ekrani: 6,7 duym, aniqlik darajasi 1080 x 2340, yangilanish chastotasi 90 Gs

Chip: 8 yadroli Exynos 1330 (5 nm) yoki Mediatek Dimensity 6300 (6 nm)

Operativ xotirasi: 4, 6, 8 GB

Ichki xotirasi: 128, 256 GB

Asosiy kamerasi: 50 MP (f/1.8), 5 MP (f/2.2, ultra keng sensor), 2 MP (f/2.4, makro)

Old kamerasi: 13 MP (f/2.0)

Akkumulyatori: 5000 mA/soat, quvvatlash 25 Vt

Narxi: ~ 2 550 000 so‘m

Birinchi darajali brendning hamyonbop smartfoni - arzon narxda sifatli qurilma kerak bo‘lgan paytdagi ajoyib tanlov. A16 modeli o‘tgan yilning kuzida bozorga chiqarilgan, shuning uchun u Galaxy S25 flagman seriyasi uslubidagi orqa qopqoqning muhim dizayniga ega bo‘ldi.

AMOLED-ekran diagonali 6,7 dyuym bo‘lsa, smartfon ixcham hisoblanmaydi, lekin u o‘ta katta ham emas. Model Exynos 1330 yoki Mediatek Dimensity 6300 kabi ikkita chip bilan taklif etiladi. Ikkalasi ham sakkiz yadrodan iborat. Ular orasidagi farq minimal darajada, shu sababli istalgan CPU bilan smartfonni olish mumkin. Smartfon tezkor xotira hajmining 4, 6 va 8 GBli uchta variantiga ega. O‘rta yoki yuqori versiyasini tanlashni maslahat beramiz.

Galaxy A16 shuningdek, noyob bo‘lib borayotgan microSD-kartalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi. 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator bir kunlik to‘liq faol ishlashga bardosh bera oladi. Modelning kamchiliklariga sharhlovchilar kuchsiz quvvatni kiritishadi, ammo arzon narxli qurilmadan buni kutish mumkin.

Redmi Note 14

Chiqarilgan yili: 2024-yil

Ekrani: 6,67 duym, aniqlik darajasi 1080 x 2400, yangilanish chastotasi 120 Gs

Chip: 8 yadroli Mediatek Helio G99 Ultra

Operativ xotirasi: 6, 8 GB

Ichki xotirasi: 128, 256 GB

Asosiy kamerasi: 108 MP (f/1.7), 8 MP (f/2.2, ultra keng sensor), 2 MP (f/2.4, makro)

Old kamerasi: 20 MP (f/2.2)

Akkumulyatori: 5500 mA/soat, quvvatlash 33 Vt

Narxi: ~ 2 500 000 so‘m

Xiaomidan yangilik zamonaviy dizayni bilan e’tiborni tortadi - smartfonning qalin hoshiyalari yo‘q, barchasi qimmatroq modellar uslubida yaratilgan. Qurilma bozorda yaqinda paydo bo‘ldi, shuning uchun uning tarkibi juda yangi: u sakkiz yadroli Mediatek Helio G99 Ultra chipi, 6/8 GB tezkor xotiraga ega.

Ekran bilan ham hammasi joyida: AMOLED-matritsa, 6,67 dyuymli, 2400 x 1080 piksel aniqlikda, yangilanish tezligi - 120 Gsni tashkil etadi. Gorilla Glass 5 shishasi smartfonning qirilishi va tushib ketishiga chidamli. Yetarlicha ingichka (8,1 mm) korpusda sig‘imi 5500 mA/soat bo‘lgan akkumulyator joylashgan. Bunday batareya taxminan bir yarim kun ishlashga yetadi. 33 Vt quvvat bilan tezkor zaryadlash 40 daqiqada energiyaning taxminan yarmini to‘ldiradi.

Honor X6b

Chiqarilgan yili: 2024-yil

Ekrani: 6,56 duymli, aniqlik darajasi 720 x 1612, yangilanish chastotasi 90 Gs

Chipi: 8 yadroli Mediatek Helio G85

Operativ xotirasi: 4, 6 GB

Ichki xotirasi: 128, 256 GB

Asosiy kamerasi: 50 MP (f/1.8), 8 MP (f/2.4, chuqurlik sensori)

Old kamerasi: 5 MP (f/2.2)

Akkumulyatori: 5200 mA/soat, quvvatlash 35 Vt

Narxi: ~ 2 100 000 so‘m

To‘plamning boshqa modellari singari, smartfon ham o‘tgan yili ishlab chiqilgan. Uning displeyi Xiaomiga qaraganda oddiyroq: kameraga noodatiy tomchi shaklida ishlov berilgan, pastki qismida ancha katta hoshiya mavjud. Bundan tashqari, 6,56 dyuymli ekranning o‘lchamlari har bir dyuymga 720 x 1612 aniqlikni tashkil qiladi. Boshqa tomondan, bizning to‘plamimizda hamyonbop smartfonlar bor va bunday segmentda har doim ma’lum bir murosalar bo‘lib turadi.

Ijobiy tomonlari orasida sig‘imi 5200 mA/soat bo‘lgan akkumulyator ham bor. Foydalanilgan ekran ko‘p quvvat sarflamaydi, demak, X6b ning yaxshi avtonomligiga umid qilish mumkin. Bundan tashqari, 35 Vt quvvatda tezkor quvvatlash imkoniyati mavjud. Model standart ravishda 4 GB operativ xotiraga ega, ammo 6 GB xotirali versiya ham mavjud. O‘rnatilgan joy hajmi esa 128 yoki 256 GBni tashkil etadi.

OPPO A3x

Chiqarilgan yili: 2024-yil

Ekrani: 6,67 duym, aniqlik darajasi 720 x 1604, yangilanish chastotasi 90 Gs

Chipi: 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 6s Gen 1

Operativ xotirasi: 4, 6, 8 GB

Ichki xotirasi: 64, 128, 256 GB

Asosiy kamera: 8 MP (f/2.0)

Frontal kamerasi: 5 MP (f/2.2)

Аkkumulyatori: 5100 мА/soat, quvvatlash 45 Vt

Narxi: ~ 2 200 000 so‘m

A3x darhol o‘zining rangi bilan jalb qiladi - to‘q olcha-jigarrang tus g‘ayrioddiy ko‘rinishga ega va boshqa smartfonlardan yaqqol ajralib turadi. Model, shuningdek, ko‘k rangda ham mavjud, ammo bizning fikrimizcha, to‘q qizil sifat baribir boshqacha ko‘rinadi.

Smartfonning to‘ldirilishi bo‘yicha barchasi standart: 6,67 dyuymli displey, Qualcomm Snapdragon 6s Gen 1 chipi, shuningdek, 4, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira. Shunisi e’tiborga loyiqki, u 45 Vt quvvatga ega va juda tez quvvatlanadi. Masalan, sig‘imi 5100 mA/soat bo‘lgan akkumulyatorning 50% energiyasini taxminan yarim soatda to‘ldirish mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.