2025-yil iyun oyi uchun munajjimlar bashorati: Qo‘y muloqotda, Sunbula yolg‘izlikda, boshqalar esa yangi ufqlarni ochadi


2025-yil iyun – Egizaklar oyidir. Havo unsuriga mansub ushbu burj boshqaruvni o‘z qo‘liga oladi, qolganlar esa muloqot, g‘oyalar va taqdirning kutilmagan burilishlari bo‘ylab unga ergashadi. Yulduzlar bu oy siz uchun nimalarni tayyorlaganini bilishga tayyormisiz? Belbog‘laringizni taqing: oldingizda har bir burj – Qo‘ydan Baliqqacha to‘xtaydigan astrologik ekspress bor.
2025-yil iyun oyi uchun munajjimlar bashorati
Egizaklar (21 may – 20 iyun)
Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin, Egizaklar! Burjingizda hukmronlik qiladigan quyosh sizga energiya va joziba baxsh etadi. Sizni boshqaruvchi Merkuriy muloqot va o‘qishlarda yordam beradi. Foydali aloqalarni yo‘lga qo‘yish qobiliyatingiz esa shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatning kalitiga aylanadi. Moliya haqida xavotirga o‘rin yo‘q: mukofot yoki investitsiyalarni kuting.
Qo‘y (21 mart – 19 aprel)
Muloqot qobiliyatingiz eng yuqori cho‘qqida. Ammo ehtiyot bo‘ling: haddan ortiq to‘g‘riso‘zlik sheriklar yoki raqiblar bilan tushunmovchilikka olib kelishi mumkin. Gapirishdan oldin ikki marta o‘ylang: aytilgan so‘z – otilgan o‘q (uni qaytarishning hech iloji yo‘q).

Buzoq (20 aprel – 20 may)
Moliyaviy g‘oyalar kutilmagan va yoqimli daromad olib kelishi mumkin. Ijodkorlik va maqsadga intiluvchanligingizdan foydalaning. Iltimos, kasbiy yo‘lingizdan chekinmang: shundagina moddiy barqarorlikka erishasiz va orzuingizdagi boylikka yaqinlashasiz.
Qisqichbaqa (21 iyun – 22 iyul)
Iyun oyining ikkinchi yarmi sizniki. Yoz quyoshining nurlari ostida porlaysiz. O‘zingizga ishoning, mashhurligingiz oshadi va his-tuyg‘ularingizni ochishdan cho‘chimang. Bu mavjud munosabatlarni mustahkamlash va g‘oyalarni amalga oshirish uchun ajoyib vaqt. Qaysi g‘oyalarni nazarda tutayotganimizni o‘zingiz yaxshi bilasiz.

Arslon (23 iyul – 22 avgust)
Do‘stlar bilan hamkorlik va yirik loyihalarda ishtirok etish sizga quvonch va katta mamnuniyat olib keladi. Uchrashuvlar, qo‘ng‘iroqlar va “mit”lar (meet) rejalashtiring, o‘z g‘oyalaringiz bilan o‘rtoqlashing va ularni amalga oshirishni boshlang. Shunda qolganlar sizga olqishlaydi!
Sunbula (23 avgust – 22 sentabr)
Atrofdagilar bilan muloqotda qiyinchiliklar bo‘lishi mumkin. O‘zingizga e’tibor qarating, salbiylikdan yiroq bo‘ling va o‘z ustingizda ishlang. Iyun oyida “yolg‘izlik rejimi” aynan siz uchun eng to‘g‘ri tanlov bo‘ladi. Shu tariqa kuch, tajriba va donolik to‘playsiz. Bu esa hech narsadan ko‘ra yaxshiroq!

Tarozi (23 sentabr – 22 oktyabr)
Qisqa sayohatlar, do‘stlar bilan hordiq vaqti. Dramalardan qoching va lahzadan zavqlaning. Axir yoz keldi – oldingizda kichik bir yangi hayot bo‘lishi mumkin, uni asablar va mojarolar bilan buzishning hojati yo‘q. Shunday ekan, har qanday tushunarsiz vaziyatda – nafas oling!
Chayon (23 oktyabr – 21 noyabr)
Endi e’tiboringizni o‘zingizga qarating. Ijtimoiy tarmoqlardan dam oling, o‘z ustingizda fikr yuriting va ichki energiyangizni tiklang. Balki xatolar ustida ishlash vaqti kelgandir: hayotingizda nimalar qayta ko‘rib chiqilishi, nima qaytarilishi, nima esa qo‘yib yuborilishi kerak – shular haqida o‘ylab ko‘ring.

Yoy (22 noyabr – 21 dekabr)
Romantika havoda seziladi. Bu vaqtni munosabatlaringizni mustahkamlash va ochiq muloqot uchun foydalaning. Agar yolg‘iz bo‘lsangiz – harakatga o‘ting: sizga yoqqan odamni uchrashuvga taklif qiling, yarashing yoki yuragingizdagi insonga sevgini izhor eting.
Echki (22 dekabr – 19 yanvar)
Uyqudan uyg‘onish va harakat qilish vaqti keldi. Jismoniy faollik bilan shug‘ullaning, hech bo‘lmasa kuniga 5 ming qadam yuring, o‘qish va o‘z ufqlaringizni kengaytirishga e’tibor qarating. Bularning barchasi – ham shaxsiy, ham moddiy baxtli kelajagingizga qo‘yilgan sarmoya bo‘ladi.

Qovg‘a (20 yanvar – 18 fevral)
Qovg‘aning ijodiy energiyasi cho‘qqida. Musiqa, san’at yoki sizga ilhom beruvchi har qanday sevimli mashg‘ulot bilan shug‘ullaning. Balki qo‘shnilar ham, begonalar ham gapiradigan haqiqiy asar yaratasiz. Eng qizig‘i esa – siz bu jarayondan zavqlanasiz.
Baliq (19 fevral – 20 mart)
Iyun oyi boshlanishi – yolg‘izlik uchun ideal davr. Ammo oy o‘rtasidan boshlab dunyoga ochilishingizga to‘g‘ri keladi, muloqotga sho‘ng‘ish va hayotning oddiy quvonchlarini his etish vaqti keladi. Bu yoz bunday quvonchlarga to‘la bo‘ladi – ularni o‘tkazib yubormang va iltimos, o‘tmish haqida xafa bo‘lishni bas qiling. U orqada. Oldinda esa – faqat baxt!
