Kevin Hart va Jon Sina Netflix uchun yangi jangovar komediyada rol o‘ynaydi


Kevin Hart va Jon Sina Netflix’ning “Bosh aktyor” (The Leading Man) nomli yangi loyihasida bosh rollarni ijro etadi. Bu haqda Deadline nashri xabar bermoqda.
Filmdagi voqealar o‘z dublyori va yordamchisi (Hart) maxfiy agent ekanini bilib qolgan manman aktyor (Sina) atrofida kechadi. Tez orada bu juftlik nafaqat kamera oldida suratga tushishi, balki butun dunyoni qutqarishi ham kerak bo‘ladi.
Film Jeremi Houn va B. Kley Murning shu nomdagi komikslar turkumiga asoslangan. Ssenariyni Jon va Erik Hoberlar (“Dengiz jangi”, “Meg: Chuqurlik maxluqi”) moslashtirgan.
Hart va Sina filmda prodyuserlik vazifalarini ham bajaradi. “Bosh aktyor”ning aniq chiqish sanasi hozircha ma’lum emas. Hart so‘nggi marta o‘tgan yili “Borderlands” filmining moslashtirilgan versiyasida rol o‘ynagandi. Sina esa yaqinda Ilya Nayshuller suratga olgan “Davlat rahbarlari” jangovar filmida qatnashgan.