Курсы
РУ
O’Z
UZS
/
/
2025-yilda Sharm al-Shayxda dam olish: bolalar bilan dam olish uchun eng yaxshi mehmonxonalar top-5 taligi
14.02.2025 (yangilandi 20.02.2025)

2025-yilda Sharm al-Shayxda dam olish: bolalar bilan dam olish uchun eng yaxshi mehmonxonalar top-5 taligi

2025-yilda Sharm al-Shayxda dam olish: bolalar bilan dam olish uchun eng yaxshi mehmonxonalar top-5 taligi

Mashhur psixolog Lyudmila Petranovskayaning ta'kidlashicha, ikki nafar chaqaloq bilan spartancha og‘ir sharoitlarda dam olish oilaga foyda keltirishi mushkul. Aynan mana shuning uchun ham qulay mehmonxonani tanlash juda muhim sanaladi.

Turfa xil taomlar,  basseynlar va riflar, animatorlarning puxta o‘ylangan ko‘ngilochar dasturlari mavjud bo‘lgan joy bolalar ham, kattalar ham ma'qul bo‘ladi.  Mukammal tarzda oladigan bo‘lsak, sizga sezgir menejer uchrashi lozim, u birinchi so‘rov bo‘yicha farzandingizni ovqatlantirish uchun stul beradi, qo‘shimcha bolalar karavotini topadi, agar kerak bo‘lsa, bolalar shifokori qabulida ham yordam ko‘rsatadi.

FUN&SUN Travel sayyohlik agentlari aynan Toping.uz o‘quvchilari uchun Sharm al-Shayxdagi bolalar bilan oilaviy dam olishga eng qulay beshta mehmonxonani tanlab oldi.

Amphoras Beach 5*

Xususiyati - qumli plyajning mavjudligi.

Amphoras Beach xonalarining kengligi sababli hatto ikki kishilik xona ham bir nafar farzandi bo‘lgan oilaga qulaylik tug‘diradi. Xonadagi televizorga wi-fi ulangan, farzandingizning sevimli multfilmlarini yoqishingiz mumkin. Hududda oltita suzish havzasi, shu jumladan riflar mavjud: bu akvaparklardan zavq oluvchi bolalarga yoqishi tayin. Basseynlardan biri isitiladi, demak, bu qishda ham qulay.

Mehmonlarga nimalar ma'qul keldi (Booking fikrlari):

✅ Hamyonbop narx.

✅ Yaxshi ta’mirlangan.

✅ Mazali taomlar.

Yoqimli xodimlar.

Sohilda ko‘plab yog‘och karavotlar bor, har doim bo‘sh karavot topish mumkin.

Booking bo‘yicha baholash: 8,2.

Ham kattalar, ham bolalar uchun qulay mehmonxona kerakmi? Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Mehmonlar mehmonxonaning qulay joylashuvini ta’kidlaydilar. Amphoras Beach markazdan unchalik uzoq emas - demak, siz mehmonxona hududidan tashqarida ham dam olishingiz mumkin.

Monte Carlo Sharm Resort Spa & Aqua Park 5* 

Mehmonxona qulay hududda joylashgan - bolali oilalar oromgohni Bookingda 9,3 ballga baholagan.

Shinam xonalar. Dengizgacha 200 metrdan kamroq masofada ("TopHotels" saytida mehmonlar dengizga kirishning qulayligini ta’kidladilar), plyaj bo‘ylab ajoyib rif mavjud. Xodimlar sohilda har doim bo‘sh yog‘och kravotlar bo‘lishini nazorat qiladilar (agar bunday o‘rinlar yetarli bo‘lmasa, qo‘shimcha kravotlar olib kelinadi). Mehmonlar restorandagi taomlarni maqtashadi, bolalar har doim o‘zlari xohlagan taomni topa oladilar; mehmonlarga baliq, go‘sht, tovuq go‘shti ayniqsa yoqadi.

Mehmonlarga nimalar ma'qul keldi (Booking fikrlari):

✅ Sifatli xizmat ko‘rsatish, e’tiborli xodimlar, ajoyib animatorlar guruhi.

✅ Menyuning xilma-xilligi.

✅ Xonadan  tashqariga qaraganda go‘zal manzara.

✅ Juda yaxshi wi-fi.

Booking bo‘yicha baholash: 8,2.

Animatorlar har qanday did va yoshga mos keluvchi ko‘ngilochar o‘yin-kulgilarni taklif qiladi. Farzandingizni nima bilan band qilishni o‘ylab o‘tirishga hojat ham yo‘q - animatorlar vaqtni quvnoq va qiziqarli o‘tkazishga yordam berishadi.

FUN&SUN Travel kompaniyasi turagentining bepul maslahatiga buyurtma berish uchun "Ariza qoldirish" tugmasini bosing.

Pickalbatros Aqua Park Sharm 5* 

Sharm ash-Shayxdagi mashhur oilaviy dam olish mehmonxonasi.

Shamolsiz ko‘rfazda joylashgan. Unda oro berilgan akvapark mavjud, u yerdagi tepaliklar ham oddiy, ham ekstremal, shu sababli ota-onalarga ham qiziqarli bo‘ladi. Kichkintoy bolakaylarga alohida basseyn bor. Farzandingizga bir necha soat davomida qarashga tayyor bo‘lgan bolalar klubi mavjud. Bolalar klubida ularga oddiy taom tayyorlash, rasm chizish, akvagrim qilish taklif etiladi. Mehmonlar, shuningdek, Neverlend musiqiy va raqs shousidan ham bahramand bo‘lishadi.

Mehmonlarga nimalar ma'qul keldi (Booking fikrlari):

✅  Bolalar va kattalarga mo‘ljallangan turli xil tepaliklar va suzish havzalariga ega yirik akvapark mavjud.

✅ Mehmonxona restoranlaridagi taomlarning xilma-xilligi va sifati.

✅ Kun davomidagi boy animatsiya.

✅ Toza xonalar va hudud.

✅ Booking bo‘yicha baholash: 9,1 ball.

"TopOtel" saytidagi sayyohlar Pickalbatros Aqua Park Sharm 5*da mazali va xilma-xil taomlar mavjudligini ta’kidladilar. Demak, farzandingiz to‘q bo‘ladi. Sharhda go‘sht va sabzavotlarning munosib tanlovi qayd etilgan. Burger va qovurilgan kartoshka, muzqaymoq bor.

Sharm al-Shayxga sayohatlarda 15% chegirma olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Sunrise Diamond Beach Resort 5*

Shinam, unchalik ham baland bo‘lmagan uylar mavjud.

Hududda beshta restoran (shu jumladan italyan va hind oshxonalari) mavjud. Mehmonlar taomlar haqida hayrat bilan fikr bildirmoqdalar, ayniqsa krevetka, losos, mol go‘shti va yangi siqilgan sharbatlar ularda katta taassurot qoldirdi. Butun mehmonxonada to‘rtta basseyn, bepul wi-fi, turli toifadagi xonalar, jumladan, bolalar va ota-onalar uchun alohida oilaviy lyuks xonalar mavjud.

Mehmonlarga nimalar ma'qul keldi (Booking fikrlari):

Hududda bolalar uchun akvapark mavjud.

✅ Sifatli va xilma-xil taomlar.

✅ Xodimlar har qanday vaziyatda ham yordam berishga tayyor.

✅ Booking bo‘yicha baholash:9,1 ball.

Booking bo‘yicha mehmonlarning fikrlariga qaraganda Sunrise Diamond Beach Resort 5* taom tanlovi va qiziqarli animatsiya tufayli bolali oilalar uchun ideal variant hisoblanadi. Sunrise Diamond Beach Resort 5* joylashuvi Booking sayti tomonidan ajoyib deb baholanadi: bolali oilalar ushbu hududda yashashni 9,7 ballga baholagan.

Rixos Premium Seagate 5*

Bu yerda bolalar ta'tilining o‘ziga xos konsepsiyasi ishlab chiqilgan.

O‘yin xonalariga ega katta bolalar klubi, maxsus bolalar restorani faoliyat yuritadi. Ikkita bolalar basseyni, akvapark, shuningdek, 13 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun klub mavjud. Mehmonlar ellikdan ortiq san’atkorlar ishtirokidagi tomosha dasturlaridan hayratga tushdi. Mukofotli xizmat: Bookingda xizmat darajasi 9,2 ball bilan baholanadi. Sayyohlar o‘z sharhlarida mehmonxona mehmonlarni xursand qilish uchun hamma narsani qilayotganini ta’kidladilar.

Mehmonlarga nimalar ma'qul keldi (Booking fikrlari):

Hududda ko‘plab yashil maydonlar mavjud.

✅ Yordamga tayyor xushmuomala xodimlar.

✅ Dunyoning turli oshxonalariga ega bir necha restoranlar.

✅ Turli yoshdagi bolalar uchun ko‘ngilochar tadbirlar.

✅ Booking bo‘yicha baholash: 9,0 ball.

Ba’zi mehmonlar Rixos Premium Seagate 5*ni Qizil dengizdagi hashamatli dam olish maskani sifatida ta’riflashadi.

Turagentning bepul maslahatini olish uchun quyidagi tugmani bosing.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.