РУ
O’Z
UZS
/
/
2025-yilda Vyetnamda dam olish mavsumi: qachon sayohat qilgan ma'qul
05.03.2025 (yangilandi 10.03.2025)

2025-yilda Vyetnamda dam olish mavsumi: qachon sayohat qilgan ma'qul

2025-yilda Vyetnamda dam olish mavsumi: qachon sayohat qilgan ma'qul

Vyetnamga borish uchun eng yaxshi vaqt qachon hisoblanadi? Bu sizning maqsadlaringizga (dengizda ko‘proq suzishni yoki asosan quruqlikda sayohat qilishni xohlaysizmi), afzal ko‘rgan mintaqangiz va cho‘ntagingizga bog‘liq. Hoziroq Vyetnamda sayyoh sifatida qayerda va qachon o‘zingizni yaxshi his qilishingizni ko‘rib chiqamiz.

Qachon va qayerga borgan ma'qulroq

Vyetnam shimoldan janubga 1,600 km.dan ortiq masofaga cho‘zilgan, shuning uchun mamlakatning turli mintaqalarida iqlim sezilarli darajada farq qiladi:

  • Shimoliy Vyetnam (Xanoy, Xalong, Sapa) - bu yerga oktyabrdan aprelgacha, quruq va qulay ob-havo sharoitida sayohat qilish uchun eng qulay vaqt. Yozda ushbu hudud issiq va nam, ammo ba’zilar bunday ob-havoni xush ko‘rishadi.
Хаnoy - bu Shimoliy Vyetnamning poytaxti. Surati: 34travel.me
  • Markaziy Vyetnam (Danang, Xyue, Xoyan) - bu yerda dam olish uchun eng yaxshi davr martdan avgustgacha. Qishda yomg‘ir va bo‘ron kuzatilishi mumkin, qandaydir dam olish uchun plash-palatkada yurishga to‘g‘ri keladi.
  • Janubiy Vyetnam (Nyachang, Fante, Fukuok, Hoshimin) - eng qulay mavsum noyabrdan aprelgacha davom etadi. May oyida yomg‘irlar mavsumi boshlanadi, lekin dengiz suvi iliq bo‘ladi.

Agar siz quyosh va plyajlardan bahramand bo‘lishni istasangiz, quruq mavsumdagi sayohatni tanlang. Ekskursiya va madaniyatni o‘rganish uchun esa yil davomida sayohat qilish mumkin.

FUN&SUN sayyohlik agentining aytishicha, Vyetnamga qaysi vaqtda uchishga qaror qilishingizdan qat’i nazar, har doim hozirda yaxshi bo‘lgan hudud topiladi. Bu mamlakatda yil bo‘yi dam olish mumkin, asosiysi, hududni to‘g‘ri tanlash, bunda sizga professional turagent yordam beradi.

Toshkentdan Vyetnamga sayohatlar uchun 15% chegirmaga ega  bo‘ling.

O‘zbekistonda FUN&SUNdan chegirma

Toshkentdan Vyetnamga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov mavjud. Uchish vaqti taxminan sakkiz soatni tashkil etadi.

Nyachang aeroporti

Если хотите сэкономить, выбирайте межсезонье.

Qachon parvoz qilgan ma'qul?

Agar tejashni xohlasangiz, mavsumdan tashqari vaqtni tanlang.

  • Dekabr - fevral - yuqori mavsum, chiptalar va mehmonxonalar qimmatroq.
  • Mart - aprel - qulay ob-havo va o‘rtacha narxlar.
  • May - oktyabr - yomg‘ir yog‘ishi mumkin, lekin turlar narxi arzonlashadi.
  • Yoz oylari - bu past mavsum, ammo u arzon dam olmoqchi bo‘lganlarga  qo‘l keladi. Qisqa muddatli yomg‘irlar plyaj va ekskursiyalardan zavqlanishga xalaqit bermaydi.
Dong - Vyetnam valyutasi. Suratlar: povietnamu.ru

Vyetnamga qiziqarli yoki arzon narxdagi sayohat kerakmi?

Narxlar haqida so‘nggi ma’lumotlarni olish uchun FUN&SUN kompaniyasining O‘zbekistondagi                  turagenti qo‘ng‘irog‘iga buyurtma bering.

Hozir [2025-yilning mart oyida - muallif izohi] Vyetnamning Fukuok oroliga sayohatni kishi boshiga 350 dollardan xarid qilish mumkin. Bu 7 kecha va 8 kunga mo‘ljallangan tur bo‘lib, narxiga parvoz, transfer, yashash, nonushta, tibbiy sug‘urta kiradi.

Vyetnamda oylar bo‘yicha ob-havo

Shimoliy Vyetnam (Xanoy, Sapa, Xalong)

  • Yanvar - fevral: salqin, o‘rtacha harorat +12...+20°C. Sapada sovuq bo‘lishi mumkin.
  • Mart - aprel: havo isiydi, +18...+27°, yomg‘ir kam yog‘adi.
  • May-avgust: havo issiq va nam, +28...+35 daraja, yomg‘ir yog‘adi, tayfunlar bo‘lishi mumkin.
  • Sentyabr - oktyabr: iliq, +25...+30°, yog‘ingarchilik kamayadi.
  • Noyabr -dekabr: salqin va quruq, havo harorati +15...+22°C daraja bo‘ladi.

Markaziy Vyetnam (Danang, Xue, Xoyan, Nyachang)

  • Yanvar - mart: quruq, iliq, +20...+28°C.
  • Aprel - avgust: issiq, havo harorati  +30...+36 daraja, yomg‘ir kam yog‘adi.
  • Sentyabr - noyabr: yomg‘irlar mavsumi, tayfunlar bo‘lishi mumkin, havo harorati +24...+30 daraja issiq.
  • Dekabr: salqin, yomg‘irlar kamayadi, +18...+25 daraja.
Danang. Markaziy Vyetnam. Surat: tripster.ru

Janubiy Vyetnam (Xoshimin, Fukuok, Muyne, Dalat)

  • Yanvar - mart: quruq fasl, issiq, +28...+34°C.
  • Aprel - may: issiqning boshlanishi, +30...+36°C.
  • Iyun - oktyabr: yomg‘irlar mavsumi, +26...+32 daraja, jala yog‘ishi mumkin.
  • Noyabr - dekabr: yog‘ingarchilikning kamayishi, iliq, +27...+32°C.

Qanday qilib sayohatni oson va tez band qilish mumkin

Turagentlikka murojaat qilsangiz, Vyetnamga sayohat qilish ancha osonlashadi. Siz viza, mehmonxonalarni band etish va arzon aviachiptalarni topish haqida qayg‘urishingiz shart ham emas. FUN&SUN kompaniyasining tur agenti barcha istaklarni inobatga olgan holda siz uchun turni tanlaydi.

Toshkentdan Vetnamga sayohatlarning eng yaxshi narxlari haqida bilishni xohlaysizmi?

Tugmani bosing - FUN&SUN kompaniyasining sayyohlik agenti sizning byudjetingizga qarab                           turni tanlab beradi.

Vyetnamda dam olish bo‘yicha tavsiyalar

  • Ba’zida Vyetnamdagi to‘lqinlar mavsumi sayyohlar uchun muammo tug‘diradi. Agar dengizda ko‘p suzishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, unda kuchli to‘lqinlar bo‘lmaydigan mavsumni tanlang.
  • Shuningdek (asosiy maqsadingiz dengizda ko‘p suzish bo‘lsa) shamollar mavsumiga tushib qolmaslik ham muhim.
  • Nyachangda ko‘plab mehmonxonalar plyajdan uncha uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan, ammo ular gavjum yo‘l bilan ajralib turadi, uni kesib o‘tish ba’zan qiyinchilik tug‘diradi. Bunga tayyor turing. Shahar tashqarisida ham mehmonxonalar bor, plyaj ularning hududida joylashgan. Ammo sayyohlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, bunday hududlarda qimmat restoranlar joylashgan. Ovqatga ko‘p pul to‘lashni xohlamasangiz, shahar markaziga borishingiz kerak bo‘ladi.
  • Oddiy tavsiya: vyetnamliklar ovqatlanadigan joyda ovqatlaning.
  • Eng qimmat kafe va restoranlar plyajning birinchi chizig‘ida joylashgan. Kamroq to‘lamoqchi bo‘lsangiz, plyajning ikkinchi-uchinchi chizig‘idagi muassasalarni qidiring.
  • Ba’zi odamlar Oltin ko‘prikni ko‘rish uchun ham Vyetnamga borishadi. Agar sizda ko‘prikka borish imkoniyati bo‘lsa, albatta uni tomosha qiling.
Byetnamda ko‘cha taomini jannat deb atashadi. Surat: vietnam.vnanet.vn

Xulosa

Vyetnam - 2025-yilda dam olish uchun ajoyib variant hisoblanadi (Vyetnamdagi dam olish Tailanddagi dam olishdan nimasi bilan farq qilishi haqida biz bu yerda yozgan edik). Asosiysi, mavsum va hududni to‘g‘ri tanlash. Unutilmas sayohatga chiqishga tayyormisiz? Ariza qoldiring va FUN&SUN kompaniyasining turagentlari siz uchun Toshkentdan parvoz qilish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlab beradi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.