РУ
O’Z
UZS
/
/
"Mashaqqatlar sari": nima sababdan serial yakuni televideniye tarixidagi eng ko‘p muhokama qilingan filmlardan biriga aylandi
17.06.2025 (yangilandi 17.06.2025)

"Mashaqqatlar sari": nima sababdan serial yakuni televideniye tarixidagi eng ko‘p muhokama qilingan filmlardan biriga aylandi

"Mashaqqatlar sari": nima sababdan serial yakuni televideniye tarixidagi eng ko‘p muhokama qilingan filmlardan biriga aylandi

“Mashaqqatlar sari” (Breaking Bad)- Vins Gilligan tomonidan yaratilgan mashhur Amerika dramatik seriali. Bu Albukerkdagi oddiy kimyo o‘qituvchisi operatsiya qilib bo‘lmaydigan o‘pka saratoni kasalligiga duchor bo‘lib, televideniye tarixidagi eng xavfli narkobaronlardan biriga aylangani haqidagi hikoya. Serial juda mashhur bo‘ldi va butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlarning qalbini zabt etdi. Kinotanqidchilar ham uni e’tirof etishdi, bunga kinotasmaga berilgan nufuzli mukofotlar to‘plami ham guvohlik beradi.

Besh fasldan iborat “Mashaqqatlar sari” seriali

“Mashaqqatlar sari” seriali  beshta mavsumdan tashkil topib, ular 2008-yildan 2013-yilgacha bo‘lgan davrda ekran yuzini ko‘rdi. Quyida har bir mavsum bo‘yicha batafsil ma’lumot keltirildi.

MavsumiChiqqan yillariQismlar soniNamoyishlar sanasi
Birinchi200872008-yil 20-yanvar -  2008-yil 9-mart
Ikkinchi200913 2009-yil 8-mart - 2009-yil 31-may 
Uchinchi2010132010-yil 21-mart  - 2010-yil 13-iyun 
To‘rtinchi2011132011-yil  17-iyul - 2011 -yil 9-oktyabr 
Beshinchi2012-2013162012-yil 15-iyul  -  2012-yil 2-sentyabr (8 ta qism)  2013-yil 11-avgust -  2013-yil 29-sentyabr (8 ta qism)

Beshinchi fasl 8 qismdan iborat ikki qismga bo‘lingan. "Felina" deb nomlangan so‘nggi 62-qism 2013-yil 29-sentyabrda chiqdi va eng ko‘p muhokama qilingan qismlardan biriga aylandi.

"Mashaqqatlar sari" seriali syujeti va qahramonlar rivoji

Hammasi oddiy kimyo o‘qituvchisi Uolter Uaytning o‘zining  o‘lim tashxisi haqida bilganidan boshlanadi. Oilasining kelajagini ta’minlash uchun u sobiq shogirdi Jessi Pinkman bilan birgalikda metamfetamin ishlab chiqarishga qaror qiladi. Beshta mavsum davomida tomoshabin Uolterning bosqichma-bosqich axloqiy ko‘rsatmalarni yo‘qotayotganini va jinoiy faoliyati uning atrofidagilar uchun fojiali oqibatlarga olib kelayotganini kuzatib boradi.

Beshinchi mavsum - butun butun voqealarning ycho‘qqisi hisoblanadi. Gustavo Fring o‘ldirilgandan so‘ng, Uolter giyohvand moddalar biznesining yagona rahbariga aylanadi, ammo uning muvaffaqiyatlari oilasi va do‘stlari uchun halokatga aylanadi. Aybdorlik hissidan qiynalayotgan Jessi Pinkman Uolterdan tobora uzoqlashib boradi. UBN agenti va Valterning kuyovi Xenk Shreder uning haqiqiy shaxsini ochib beradi, bu esa Xenkning o‘limi va Jessining asirga olinishi kabi fojiali voqealarga olib keladi. Bosh qahramonning rafiqasi Skayler Uayt bolalarni erining halokatli ta’siridan himoya qilishga majbur bo‘ladi.

Surat: netflix.com

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Aktyorlar va ularning rollari

Brayan Krenston - Uolter Uayt/Xayzenberg. Rol aktyorga to‘rtta "Emmi" mukofoti va hozirgi davrning eng yaxshi dramatik aktyorlaridan biri maqomini olib keldi.

Surat: soyuz.ru

Aaron Pol - Jessi Pinkman. Bu roli uchun u uch marta "Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktyor" nominatsiyasida "Emmi" mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Surat: soyuz.ru

Anna Gann - Skayler Uayt, bosh qahramonning rafiqasi, oilani saqlab qolish uchun kurashadi.

Surat: kino-teatr.ru

Din Norris - Xenk Shreyder, UBN agenti, Xayzenbergni qo‘lga tushirish tadbirlarini amalga oshiradi.

Surat: provereno.media

Betsi Brandt - Mari Shreder, Skaylerning singlisi.

Surat: kino-teatr.ru

Ar Jey Mitt - bosh qahramonning o‘g‘li kichik Uolter Uayt.

Surat: film.ru

Jonatan Benks - Mayk Ermantraut, "iflos" masalalarni hal qiladigan odam.

Surat: kinoreporter.ru

Jessi Plemons - Todd Alkist, natsistlar to‘dasining a’zosi.

Surat: kinoreporter.ru

Lora Freyser - Uolterning biznes sherigi Lidiya Rodart-Kveyl.

Surat: lostfilm.tv

Jankarlo Espozito - Gustavo Fring, xarizmatik antagonist (2-mavsumdan boshlab).

Surat: kino-teatr.ru

Bob Odenkerk - Sol Gudman, shubhali obro‘ga ega advokat (2-mavsumdan boshlab).

Surat: bitcoinnews.ru

Beshinchi mavsumning so‘nggi qismida nima sodir bo‘ladi

Beshinchi mavsumning yakuniy epizodi - "Felina" 2013-yil 29-sentyabrda chiqdi. Bu haqiqatan ham tarixdagi kuchli va hissiyga boy nuqta.

Uolter barcha tugallanmagan ishlarni yakunlash uchun Albukerkaga qaytadi. U xotini bilan xayrlashadi, oilasi uchun emas, o‘z ko‘ngli uchun harakat qilganini tan oladi - bu butun dramaning eng muhim nuqtasidir.

Uolter  ko‘p bosqichli murakkab operatsiyani uyushtiradi: u qolgan pullarni sobiq sheriklariga beradi, Lidiyani ritsin bilan zaharlaydi va keyin natsistlar to‘dasining uyasiga boradi. Masofadan boshqariladigan pulemyot yordamida u dushmanlarini yo‘q qiladi va Jessini ozod etadi.

Yakunda Jessi qasos olish imkoniyatiga qaramay, Uolterni o‘ldirishdan bosh tortadi va yangi start ramzi sifatida El Caminoga boradi. O‘limga olib keladigan darajada yaralangan Uolter laboratoriyada metamfetamin ishlab chiqarish uskunalari orasida vafot etadi - bu uning yo‘lini ramziy ravishda yakunlaydi.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Serial va uning yakuni haqidagi qiziqarli faktlar

Surat: wink.ru
  • Qismning umumiy soni 62 ta bo‘lib, bu ramziy ma’noga ega: Mendeleyev jadvalining 62-elementi saraton kasalligini davolashda ishlatiladigan samariy hisoblanadi.
  • Mukofotlar - serial 16 ta "Emmi" mukofoti, ikkita "Oltin globus" va boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
  • Serial yakuni televideniye tarixidagi eng yaxshilaridan biri sifatida e’tirof etilgan (MyShows reytingida 4.87/5).
  • Filmning davomi - 2019-yilda "El Kamino: Mashaqqatlar sari. Film" seriali chiqdi. Unda o‘tgan qismlardan keyin Jessi Pinkmanning taqdiri haqida hikoya qilinadi.
  • Spin-off - "Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling" advokat Sol Gudmanga bag‘ishlangan bo‘lib, undan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatli loyiha bo‘ldi.

Endi nima bo‘ladi: muxlislar fikri va farazlar

Surat: kg-portal.ru

Muxlislar serial davomining mumkin bo‘lgan senariylarini faol muhokama qilishdi

  • Eng mashhur nazariyalar Jessi Pinkmanning taqdiri bilan bog‘liq edi - u bilan bog‘liq voqealar "El Kamino" filmida mantiqiy yakun topdi.
  • Bundan tashqari, Gustavo Fringning o‘tmishi yoki Uolter Uaytning o‘g‘li haqidagi ehtimoliy spin-offlar muhokama qilindi, ammo ijodkorlar yaqin kelajakda bu mavzularga qaytishni rejalashtirmayapti.

Vins Gilligan bir necha bor ta’kidlaganidek, u Uolt voqeasini tugallangan deb hisoblaydi, lekin agar munosib g‘oya paydo bo‘lsa, bu mavzuga qaytishni istisno qilmaydi.

 

Aktyorlar va ijodkorlar yangi loyihalar ustida ishlashda davom etmoqdalar, "Mashaqqatlar sari" merosi esa millionlab tomoshabinlar qalbida va jamoaning yangi asarlarida yashamoqda.

Surat: afisha.ru

Biz nima sababdan “Mashaqqatlar sari” serialini tomosha qilishni tavsiya etamiz

“Mashaqqatlar sari” kuchli ssnariysi, qahramonlarning sinchkovlik bilan ishlanishi va mohir rejissura tufayli zamonaviy dramaturgiya etaloniga aylandi. Ommaviy madaniyatda oddiy odamning jinoyatchi dahoga aylanishi tarixi bu qadar haqqoniy va psixologik teran ko‘rsatilgani kamdan kam uchraydi. Beshinchi mavsumning yakuni - bu Uolter Uayt voqeasining yakuni va hokimiyat qiymati, g‘urur va tanlov oqibatlari haqidagi kuchli axloqiy masala.

Telecom TV xizmatidan 7 kun bepul foydalaning.

Quyidagi tugmani bosing va hoziroq harakatni boshlang!

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.