“Jon Uik 4” aktyorlar tarkibi va kutilmagan yulduzli kameolar


“Jon Uik 4” filmi dunyo miqyosidagi mashhur aktyorlarni o‘z ichiga oladi. Ba’zilar allaqachon Gollivuddagi Shon-sharaf xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘lsa, boshqalari esa bir necha nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Xo‘sh, filmning asosiy tarkibi kimlardan iborat va qaysi aktyorlar kutilmagan kameolar bilan tomoshabinlarni hayratda qoldiradi?
“Jon Uik 4”: asosiy rollarni ijro etgan aktyorlar va ularning personajlari
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Kianu Rivs / Jon Uik

Gollivud aktyori va “Matrisa” filmi yulduzi. U oilaviy fojiasi sabab bir necha yil san’atdan chetda bo‘ldi. Kianu ilgari jozibali aktyor sifatida tanilgan bo‘lsa, keyinchalik u memlarga aylangan odam sifatida eslanadi. Aynan Jon Uik va uning yangi muhabbati – rassom qiz unga hayotga qaytish va yangi rollarga kirishish imkonini berdi.
Donni Yen / Kayn

Xitoy aktyori, rejissyor va jang san’ati ustasi. “Ip Man” filmi va boshqa jangovar loyihalar orqali mashhurlikka erishgan. Hatto Disney tomonidan suratga olingan “Mulan” filmida ham ishtirok etgan.
Bill Skarsgard / Markiz

Shvetsiyalik aktyor va “Berlinale” kinofestivali sovrindori. U Marvel filmlaridagi rollari hamda Stiven Kingning “U” (“It”) romani asosida ishlangan filmda Pennivayz obrazini yaratgani bilan mashhur. “Jon Uik 4” filmida asosiy yovuz qahramonni gavdalantirgan va bu rol aynan unga yarashgani shubhasiz!
Shamir Anderson / Janob Hechkim
Shamir Anderson o‘z itini juda yaxshi ko‘radigan yollanma qotil rolini mohirlik bilan ijro etgan. Kanadalik aktyor “Invasion”, “Goliath” kabi seriallar hamda Olimpiya chempioni haqida hikoya qiluvchi motivatsion “Race” filmida rol o‘ynagan.
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Ien Maksheyn / Uinston
Britaniyalik aktyor va “Jon Uik ” franshizasining asosiy qahramonlaridan biri. Ien Maksheyn ko‘p qirrali aktyor sifatida tanilgan, ayniqsa “Deadwood” serialidagi roli unga shuhrat keltirgan. Uni “Continental” mehmonxonasining boshqaruvchisi roliga jalb qilish uchun uzoq vaqt ishontirishgan.

Hiroyuki Sanada / Shimazu
Teatr va kino aktyori, karate ustasi hamda Gonkong kinolarining mashhur yulduzi. U samuraylar kodeksini yoddan biladi va ko‘p marotaba ushbu qahramonlarni ekranda jonlantirgan. Masalan, “Sumrak samurayi” trilogiyasi hamda Tom Kruz ishtirokidagi “Oxirgi samuray” filmida.
Lorens Fishbyorn / Kabutar Qiroli
Tajribali aktyor Lorens Fishbyorn juda qiziqarli qahramon va Jon Uikning sodiq yordamchisini rolini mohirona ijro etgan. U Gollivudning eng yuqori maosh oluvchi, Oskar mukofotiga sazovor aktyorlaridan biri. Uning har bir ijro etgan qahramoni tomoshabin yuragidan joy olgan, ayniqsa “Matrisa” filmidagi Morfeus obrazi.
“Jon Uik 4”: yulduzli kameolar
Skott Edkins / Killa
“Jon Uik 4” filmining eng kutilmagan yulduzli kameolaridan biri – zabardast mafioz boshliq Killa bo‘ldi. Bu obrazni mahorat bilan ijro etgan Skott Edkins grimm tufayli shu qadar o‘zgarganki, hatto uning ishqibozlari va tuqqan onasi ham uni tanimagan!
Rina Savayama / Akira

Bu kameo ayniqsa musiqasevarlar orasida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi: yapon qo‘shiqchisi Rina Savayama o‘zining ilk aktyorlik debyutini aynan “Jon Uik 4” filmida Akira roli orqali amalga oshirdi. Go‘zal xonanda nafaqat erkaklar hukmronligidagi aktyorlar jamoasini boyitdi, balki filmga unutilmas saundtrek ham taqdim etdi – uning “Eye for an Eye” qo‘shig‘i Jon Uik ishqibozlari playlistlarida haqiqiy hitga aylandi!
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
