РУ
O’Z
UZS
/
/
2025-yilda Vyetnamdagi eng yaxshi 10 ta sayohat va faoliyat: sayyohlik agentining tanlovi
28.02.2025 (yangilandi 10.03.2025)

2025-yilda Vyetnamdagi eng yaxshi 10 ta sayohat va faoliyat: sayyohlik agentining tanlovi

2025-yilda Vyetnamdagi eng yaxshi 10 ta sayohat va faoliyat: sayyohlik agentining tanlovi

Ba’zan shunaqasi ham bo‘lib turadi: dengizga kelasizu, lekin butun ta’til davomida vaqtingizni plyajda o‘tkazishdan boshqa yana nima bilan shug‘ullanishni bilmaysiz.  FUN&SUN sayyohlik agentligi maxsus Toping.uz uchun o‘zbekistonlik sayyohlar dam olishni yaxshi ko‘radigan Vyetnam janubidagi Nyachang qirg‘oq kurortidagi eng yaxshi ekskursiyalar va tadbirlar to‘plamini tuzdi. Agar 2025-yilda Vyetnamga bormoqchi bo‘lsangiz va ta’tilingizni mazmunli o‘tkazishni istasangiz - bu matn aynan siz uchun.

Vinperl oroli

VinWonders Nha Trang, ya'ni Vinperl orolini Vyetnam Disneylendi deb ham atashadi. Bu yerda sizni attraksionlar, tomoshalar, akvapark kutmoqda. Agar qo‘rquv nimaligini bilmasangiz, xotirjam ravishda dunyodagi eng uzun yo‘llardan biri hisoblangan dengiz ustidagi kanat dor yo‘lida sayr qilishingiz mumkin.

Кimlarga to‘g‘ri keladi: bolali oilalar, adrenalin ishqibozlariga; kunini faol o‘tkazmoqchi bo‘lganlarga.

Vyetnamga borishni xohlaysizmi? Quyidagi tugmachani bosing.

FUN&SUNdan O‘zbekistondan Vyetnamga sayohatlar bo‘yicha  bepul maslahat oling.

Balchiqli vannalar va termal buloqlar

Nyanchangdagi Thap Va majmuasi

Aytishlaricha, Vyetnam termal buloqlari va balchiqli vannalari ikki soat ichida bir necha yilga yoshartirishga yordam beradi. Iliq mineral suv charchoqni bosadi, shifobaxsh balchiq terini oziqlantiradi - u silliq, elastik bo‘lib qoladi. Tog‘larga qaragan shifobaxsh vannaga sho‘ng‘ib, xotirjamlikka cho‘mgandek bo‘lasiz. Vaqt bu yerda go‘yo to‘xtagandek tuyuladi - bo‘shashish va lahzadan zavqlanish hissi qamrab oladi. FUN&SUN kompaniyasining sayyohlik agenti Thap Ba, I-Resort, 100 Egg Mud Bath majmualarini alohida tavsiya qiladi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: ikki kishi bo‘lib dam olayotganlarga; faol ekskursiyalar va uzoq sayrlardan charchagan sayohatchilarga.

Vyetnam sayohatlariga chegirma oling.

O‘zbekistondagi FUN&SUN sayyohlik agentligidan chegirmalar.

Nyachang oroli

Bular tiniq suv bilan o‘ralgan xilvat go‘zal orollardir. Bu yerda marjonlar orasida niqob bilan suzish, palmalar ostida dam olish, okeanga qaragan dengiz mahsulotlarini iste’mol qilish mumkin. Xon Tam orolida plyaj ziyofatlari bo‘lib o‘tadi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: do‘stlar davrasida va ko‘ngilxushlik qilishni istagan har bir kishiga.

Xon Tam orolidagi kanat yo‘lagi

Kanat yo‘lagi bo‘ylab sayohat Nyachangning eng yorqin attraksionlaridan biri hisoblanadi. Ko‘tarilish atigi o‘n daqiqa davom etadi, ammo bu vaqt manzaralarni tomosha qilish va ko‘plab ta’sirli fotosuratlar olish uchun yetarli. Xon Tamda sizni akvapark, okeanarium, delfinlar tomoshasi, shuningdek, plyajlar, kafe va restoranlar kutmoqda. Xon Tam Vimperlga qaraganda osuda orol hisoblanadi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi:  bolali oilalarga, er-xotinlarga, faol dam olishni sevuvchilarga.

Nyachangdagi ibodatxonalar va budda ibodatxonalari

Bu yerda siz qadimiy Vyetnamning sokin va ulug‘vor muhitiga sho‘ng‘ishingiz mumkin. Ibodatxonalar diniy va me’moriy qiymatga ega bo‘lgan diniy maskan inshootlardir. Aynan Nyachangda siz ulkan oq Budda bilan mashhur Long Son ibodatxonasini ko‘rishingiz mumkin. Shu yerning o‘zida shaharning ajoyib manzarasi namoyon bo‘ladi. Po Nagardagi Cham minoralari xotirjamlik baxsh etadi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: tarix va madaniyat ixlosmandlariga; tinch dam olishni istaganlarga.

Ba Xo sharsharasi (Ba Ho Waterfalls)

Ba Ho sharsharasi, ya'ni Ba Xo sharsharasi yolg‘iz dam olish joyiga o‘xshaydi, ammo agar siz faol vaqt o‘tkazishga tayyor bo‘lsangiz, bu yer: qalin yashillik orasidagi so‘qmoqdan yurish, suvga sakrash va tabiiy hovuzlarda cho‘milish mumkin bo‘lgan borishga arziydigan maskan. Piknik uchun ham yaxshi joy.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: tabiat qo‘ynida faol vaqt o‘tkazmoqchi bo‘lganlar uchun; xayking ishqibozlari uchun.

Zoklet plyaji (Doc Let Beach)

Doc Let Beach — Zoklet plyaji bo‘lib, u jannatmakon joy va Vyetnamning eng go‘zal plyajlaridan biri sanaladi. Qum - oppoq, suv tiniq, sokinlik - bularning barchasi xotirjam dam olish uchun risoladagi joy. Bu yerda kayakda sayr qilish, mahalliy kafelarda yangi dengiz mahsulotlarini tatib ko‘rish, chiroyli pushti-olovrang ufqni tomosha qilish mumkin.

Kimlarga to‘g‘ri keladi:  plyajda dam olishni sevuvchilar uchun; dam olishni xohlovchilar uchun.

Dayving va snorkeling

FUN&SUN kompaniyasining sayyohlik agenti Mun oroliga borishni yoki Xon Tam oroli yaqinidagi marjon riflarini tomosha qilishni tavsiya etadi. Bu yerda tiniq suv, yorqin baliqlar va dengiz yulduzlarini tomosha qilishingiz mumkin. Agar sho‘ng‘ish yoki snorklink bo‘yicha tajribangiz bo‘lmasa, sizga mahalliy instruktorlar yordam berishadi.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: professionallar uchun ham, yangi kelganlarga ham.

Dam bozori (Dam Market)

Dam Market, ya’ni Dam bozori sizni mahalliy aholi muhitiga olib kiradi. Bu joy Nyachang yuragi deb ataladi. Ushbu maskanda siz yangi mevalar, ekzotik ziravorlar sotib olishingiz, mashhur fo bo sho‘rvasini iste’mol qilishingiz yoki siz uchun maxsus tayyorlangan yangi dengiz mahsulotlariga buyurtma berishingiz mumkin. Esdalik sovg‘alari va kiyim-kechaklarni Dam bozoridan ham xarid qilish mumkin.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: xarid qilishni sevuvchilar uchun; mahalliy oshxona taomlarini tatib ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun.

Tungi Nyachang

Shaharda barlar va tungi klublar juda ko‘p. Dengiz manzarasi bilan kokteyl ichish, ziyofatda xursandchilik qilish imkoniyati mavjud. Kechqurun Nyachangda sayr qilsangiz, ko‘cha musiqachilarini ko‘rishingiz, karaokeda qo‘shiq aytishingiz, raqsga tushishingiz mumkin.

Kimlarga to‘g‘ri keladi: xushchaqchaq hordiq xohlovchi er-xotinlarga ham, jamoaviy guruhlarga ham.

FUN&SUN kompaniyasiпф 2009-yilda asos solingan. Turagentlar butun dam olishingiz davomida siz bilan aloqada bo‘lishga tayyor - agar shunday zarurat tug‘ilsa, ular sizga yordam berishadi. Turagentga murojaat qilish orqali siz ta’tilingizni tashkil etish uchun ishonchli yordamchiga ega bo‘lasiz.

Bepul turagent maslahatiga buyurtma berish uchun tugmani bosing.

O‘zbekistondagi FUN&SUNdan maslahatlar.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.