“Leyton Oriyent” — “Manchester Siti”. Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushadimi?


Futbol boʻyicha Angliya Kubogi 4-bosqichida “Leyton Oriyent” oʻz uyida “Manchester Siti” klubini qabul qiladi.
Ertaga, 8-fevral kuni boʻlib oʻtadigan uchrashuvga bir necha nashrlar taxminiy tarkiblarni eʼlon qildi.
Masalan, Sportsmole nashri “shaharliklar” quyidagi tarkibda maydonga tushishini taxmin qilmoqda:
“Manchester Siti”ning taxminiy tarkibi: Ortega; Lyuis; Husanov, Stouns, OʻReyli; Gundoʻgʻan, Makt; Savinyo, De Bryuyne, Grilish; Mubama.
“Kelasi hafta Real Madridga qarshi Chempionlar Ligasi uchrashuvini hisobga olib, Gvardiola tarkibda ayrim oʻzgarishlar qilishi kutilmoqda. Yangi futbolchilar Abduqodir Husanov va Vitor Reys himoyada asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega.
Ular bilan birga Riko Lyuis va Jahmay Simpson-Pyusi ham himoya chizigʻini mustahkamlashi mumkin”, deb izoh beriladi Sportsmole saytida.