верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
71 yoshli xitoylik ayol fitnes musobaqasida sovrindor bo‘ldi
13.06.2025

71 yoshli xitoylik ayol fitnes musobaqasida sovrindor bo‘ldi

71 yoshli xitoylik ayol fitnes musobaqasida sovrindor bo‘ldi

Xitoyning Uxan shahrida o‘tgan National Fitness Newcomers Quality Competition 2025 musobaqasida 71 yoshli Sun Minxuey aralash toifada faxrli uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Sun Minxuey sport bilan faqat 67 yoshida, nafaqaga chiqqach shug‘ullana boshlagan. U bu vaqt ichida velosiped haydash, arqonda sakrash, yugurish va sayr qilish kabi faoliyatlarni sinab ko‘rdi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

“Atigi bir oy mashq qilganimdan so‘ng tanamdagi o‘zgarishlarni sezdim. Yoshi ulg‘aygan sayin mushaklar yo‘qoladi deyishadi, lekin menda aksincha bo‘ldi — men ularni mustahkamlab bordim”, — deydi u.

Bugungi kunda Minxuey haftasiga kamida besh marotaba mashq qiladi, shuningdek, sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga qat’iy amal qiladi.

Uning eng yirik yutuqlaridan biri — 60 yoshida Xitoyning eng sharqiy nuqtasidan janubiy Sanya shahrigacha velosipedda bosib o‘tgan 6000 kilometr. Bu sayohat 45 kun davom etgan va Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.

“Yosh — bu faqat raqam. Keksalik choy ichib, sayr qilish bilan cheklanmasligi kerak. Men faol va mazmunli hayotni tanladim”, — deydi Sun Minxuey ilhom baxsh etuvchi so‘zlarida.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.