Abbosbek Fayzullayev qaysi jamoada oʻynashni orzu qilishi haqida gapirdi
“SSKA” hamda Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev sevimli futbolchisi, terma jamoa va faoliyatini davom ettirishni orzu qiladigan klub haqidagi savollarga javob berdi.
— Sizningcha, futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim?
— Messi.
— Hozirgi paytdagi eng yaxshi futbolchi kim?
— Lamin Yamal.
— Qaysi klubda oʻynashni orzu qilasiz?
— “Barselona”
— Dunyodagi eng yaxshi chempionat qaysi?
— APL va La Liga.
— Agar futbol bilan shugʻullanmaningizda qanday sohada faoliyat yuritar edingiz?
— Baribir futbolda boʻlardim (kulib).
Bundan tashqari, futbolchi dunyodagi eng yaxshi stadion sifatida “Kamp Nou”, “SSKA” klubi maydoni va “Paxtakor” oʻyingohini eʼtirof etgan.
Maʼlumot uchun, Fayzullayev 2023-yilning avgust oyidan beri “SSKA” safida toʻp suradi. Joriy mavsumda u klub uchun barcha musobaqalarda 23 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta assist amalga oshirdi. Oʻzbekiston milliy jamoasi futbolchisining rossiyalik klub bilan amaldagi shartnomasi 2026-yil yozigacha tuzilgan.
Transfermarkt internet portalida keltirilgan maʼlumotga koʻra, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroni tashkil qiladi. U bu borada Oʻzbekistonda ikkinchi oʻrinda turadi.