Habib Nurmagomedov AQSHda styuardessa bilan bahslashgani uchun samolyotdan tushirildi


Rossiyalik MMA jangchisi Habib Nurmagomedov AQSHga uchayotgan reysdan tushirilgani haqida GiveMeSport xabar bermoqda.
Manbaning maʼlum qilishicha, sportchi bilan bort kuzatuvchisi oʻrtasida kelishmovchilik yuz bergan. Habib favqulodda chiqish eshigi yonidagi oʻrindiqqa oʻtirgan va styuardessa parvozdan oldingi yoʻriqnoma paytida undan favqulodda vaziyat yuz berganda boshqa yoʻlovchilarga yordam bera olish-olmasligini soʻragan.
Nurmagomedov undan nima xohlayotganini darhol tushunmagan va bu holat u bilan ekipaj aʼzosi oʻrtasida kichik bahsga sabab boʻlgan. Jangchi, bundan tashqari, vaziyatni adolatsiz deb hisoblab, boshqa joyga oʻtirishni rad etgan. Oqibatda uni samolyotni tark etishga majbur qilishgan.
36 yoshli Nurmagomedov professional darajada 29 ta jang oʻtkazib, bironta ham magʻlubiyatga uchramagan. U 2022-yilda UFC shon-shuhrat zaliga kiritilgan.