Al Pachino ishtirokidagi “Ritual” horror filmining birinchi treyleri eʼlon qilindi


Film haqiqiy voqeaga asoslangan boʻlib, unda ruhoniylar yovuz kuchga duch kelgani haqida hikoya qilinadi.
YouTubeʼdagi XYZ Films kanalida 6-iyun kuni premyera qilinishi rejalashtirilgan “Ritual” mistik trillerining tizer-treyleri paydo boʻldi.
Syujet Emma Shmidt ismli qizni qutqarish uchun birlashgan ikki cherkov xodimi atrofida aylanadi. Ruhoniylarning fikriga koʻra, uni jin chalgan va uni laʼnatdan qutqarishning yagona yoʻli jodu marosimini oʻtkazishdir.
Bosh rollarni Al Pachino (“Choʻqintirgan ota”, “Iblis advokati”) va Den Stivens (“Ebigayl”, “Ajdodlar nidosi”) ijro etgan, ular ruhoniy-ekzorsistlar obrazlarini gavdalantirgan. Eshli Grin (“Sumerki”, “Bemorlar”) marosimda ishtirok etuvchi rohiba rolini oʻynadi. Shuningdek, aktyorlar tarkibida Abigayl Kouen (“Taqdir: Vinks klubi dostoni”, “Juda gʻalati ishlar”) va Patrisha Xiton (“Bundan ham yomoni boʻladi”) ham bor.
Filmni “Kennet Chemberlenning oʻldirilishi” dramasi bilan tanilgan Devid Middell suratga olgan. Shuningdek, u Enriko Natale bilan birgalikda ssenariy yozgan. Loyihaning vizual muhiti uchun operator Adam Biddl (“Voy”, “Adrenalin”), prodyuserlar orasida esa Enriko Natale, Ross Kagan Marks, Jeff Rays va Mitchell Uelsh masʼul.