РУ
O’Z
UZS
/
/
APL. “Arsenal” “Manchester Siti”ni yirik hisobda magʻlub etdi, Husanov zaxirada qoldi
03.02.2025

APL. “Arsenal” “Manchester Siti”ni yirik hisobda magʻlub etdi, Husanov zaxirada qoldi

APL. “Arsenal” “Manchester Siti”ni yirik hisobda magʻlub etdi, Husanov zaxirada qoldi

Angliya Premer-ligasining 24-turidan oʻrin olgan asosiy oʻyinda “Arsenal” oʻz maydonida “Manchester Siti”ni 5:1 hisobida yengdi. London klubi safida Edegor, Parti, Lyuis-Skelli, Haverts va Nvaneri gol urdi, mehmonlardan esa Holand yagona javob toʻpini kiritdi.  

Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bu uchrashuvda maydonga tushmadi va butun oʻyin davomida zaxirada qoldirildi.  

Qayd etish joiz, Pep Gvardiola shogirdi Mikel Arteta ustidan ketma-ket beshinchi oʻyinda gʻalaba qozona olmadi.  

Mazkur gʻalaba evaziga “Arsenal” ochkolari sonini 50 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi va 56 ochkoga ega “Liverpul”ni quvib yetishga harakat qilmoqda. “Manchester Siti” esa 41 ochko bilan 4-pogʻonada qolib ketdi.  

APL, 24-tur natijasi:  

  • Arsenal — Manchester Siti 5:1  
  • 2-fevral, “Emireyts” stadioni  

Gollar:  

Edegor (2), Parti (56), Lyuis-Skelli (62), Haverts (76), Nvaneri (90+3) — Holand (55).  

Tarkiblar:  

  • 🔴 Arsenal: Rayya, Gabriyel, Saliba, Lyuis-Skelli (Kalafiori, 90), Timber, Rays, Parti, Edegor (Merino, 84), Trossar (Nvaneri, 84), Haverts (Sterling, 90), Martinelli.  
  • 🔵 Manchester Siti: Ortega, Gvardiol, Stounz, Akanji, Mateush Nunesh, Kovachich, Bernardu Silva, Savio, Marmush (de Bryuyne, 72), Foden (Makati, 72), Holand.  
  • 📒 Ogohlantirishlar: Timber (25), Edegor (71).
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.