Jim Jarmushning yangi filmi Venetsiyada namoyish etiladi


Jim Jarmushning navbatdagi filmining jahon premyerasi Venetsiya kinofestivali tanlovida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MUBI platformasi rahbariyatiga tayanib, Variety xabar berdi.
Gap "Ota, ona, opa, aka" (Father Mother Sister Brother) uchligi haqida ketmoqda. Kartina ota-onalar va ularning voyaga yetgan farzandlari o‘rtasidagi munosabatlar haqida uchta hikoya qiladi. Filmda rollarni Keyt Blanshett, Adam Drayver, Viki Krips, Sharlotta Rempling, Tom Ueyts va boshqalar ijro etgan.
Sahnalashtiruvchi avvalroq 2003-yilda "Qahva va sigaretlar" bilan Venetsiyaga kelgan edi. Jarmushning so‘nggi zombi-dahshat filmi "O‘lganlar o‘lmaydi" 2019-yilda chiqarilgan.
82-Venetsiya ko‘rigi 27-avgustdan 6-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi. Rejissor Aleksandr Peyn hakamlar hay’ati raisi bo‘ladi.