верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Foydali tamaddilar: ofis, sportzal yoki bolalar bilan sayrga olib ketish mumkin bo‘lgan variantlar
31.05.2025

Foydali tamaddilar: ofis, sportzal yoki bolalar bilan sayrga olib ketish mumkin bo‘lgan variantlar

Foydali tamaddilar: ofis, sportzal yoki bolalar bilan sayrga olib ketish mumkin bo‘lgan variantlar

Zamonaviy hayot tarzida to‘laqonli ovqatlanishga har doim ham vaqt topilmaydi. Ammo bu har qanday narsani yeb yurishga bahona emas! Tez tayyorlanadigan foydali tamaddilar ortiqcha ovqatlanishdan saqlaydi, energiyani ushlab turadi va qomatni saqlashga yordam beradi. Ushbu maqolada biz har xil: ofisdan tortib bolalar bilan sayrgacha holatlar uchun eng yaxshi tamaddi g‘oyalarini jamladik.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Ishda/ofisda foydali tamaddi

Kompyuter oldida uzoq soatlar ishlab, pechenyeli kofe tanaffuslarini uyushtirish siz uchun tanish holatmi? Ishdagi tamaddi ham mazali, ham foydali qilish mumkin!

Ofis uchun tamaddi variantlari:

  • Shakarsiz yogurt + bir hovuch yong‘oq
  • Pishloq + butun donli nonchalar
  • Sabzavot tayoqchalari (sabzi, selderey, bodring) + xumus
  • Qaynatilgan tuxum + butun donli non bo‘lagi
  • Shakarsiz mevali chipslar yoki quritilgan rezavorlar
Страница 2 | Фотографии на тему «Йогурт Орехами» — скачивайте бесплатные  изображения высокого качества | Freepik

Eng yaxshi ofis tamaddisi – bu isitishni talab qilmaydigan va konteyner yoki idishga osongina joylashadigan tamaddidir.

Sportzal va mashg‘ulotdan keyin tamaddilar

Tanamiz mashg‘ulotdan oldin va keyin quvvatga muhtoj bo‘ladi. Asosiysi – tez hazm bo‘ladigan, mazali tamaddilarni tanlash.

Sportzal uchun tamaddi g‘oyalari:

  • Shakarsiz protein batonchasi
  • Banan + bodom
  • Banan, rezavorlar va grek yogurtidan smuzi
  • Tvorog + rezavorlar yoki asal
  • Qaynatilgan tuxum + pishirilgan batat (shirin kartoshka)
Куча бананов и нарезанный банан — Стоковое фото © makidotvn #157120478

O‘zingiz bilan sportzalga sheyker yoki konteynerga foydali tamaddi solib oling, bu juda qulay va oson.

Ozishni istaganlar uchun kam kaloriyali va to‘yimli tamaddilar

Ozish – bu och yurish degani emas. To‘g‘ri tanlangan kam kaloriyali tamaddilar ishtahani nazorat qilishga va moddalar almashinuvini tezlashtirishga yordam beradi.

Ozish uchun tamaddilar:

  • Dengiz tuzi sepilgan bodring
  • Olma + yer yong‘oq pastasi yoki urbech
  • Grek yogurti + rezavorlar
  • Qaynatilgan tovuq filesi bo‘lagi + ko‘katlar
  • Agar-agarda tayyorlangan shakarsiz jele yoki zefir
Желирующие вещества: агар-агар - Вкусный Блог

Ozish uchun mo‘ljallangan tamaddilar to‘yimli, oqsil yoki kletchatkaga boy bo‘lishi va 150-200 kkal dan oshmasligi kerak.

Bolalar uchun foydali tamaddilar

Bolalar – tamaddining ashaddiy ishqibozlari. Ota-onalarning vazifasi – bu tamaddilarni nafaqat mazali, balki foydali qilishdir.

Bolalar va maktab uchun tamaddilar:

  • Shakarsiz mevali pyure
  • Uyda tayyorlangan shakarsiz sirnik yoki maffin
  • Banan va mayizli suli pechenyesi
  • Sabzi tayoqchalari + yogurtli sous
  • Butun donli non ustiga pishloqli sendvich
Более 10 900 работ на тему «бутерброд с сыром»: стоковые фото, картинки и  изображения royalty-free - iStock

Maktabga yoki sayrga olib chiqiladigan foydali tamaddi qulay, to‘kilmaydigan va oqib ketmaydigan bo‘lishi kerak – bunday holatlarda germetik lanchbokslar ayni muddao.

Gastrit va OV tizimi kasalliklarida tamaddilar

Agar sizda gastrit, oshqozon yarasi yoki boshqa ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari bo‘lsa – nima va qachon yeyishingiz juda muhim. Tamaddilar ham bundan mustasno emas.

Gastritda foydali tamaddilar:

  • Pishirilgan olma yoki nok (po‘stloqsiz)
  • Shakarsiz va yog‘siz suli pechenyesi
  • Iliq sut yoki kefir + asal (agar qarshi ko‘rsatma bo‘lmasa)
  • Oq nondan tayyorlangan suxari (do‘kondan emas!)
  • Yog‘siz tvorog yoki bug‘da tayyorlangan omlet
Запеченное яблоко с мёдом, орехами и изюмом

Nordon, achchiq, yog‘li va qo‘pol mahsulotlardan saqlaning. Gastritga mo‘ljallangan tamaddilar yumshoq, iliq va neytral ta’mda bo‘lishi kerak.

Universal tavsiyalar

  • Tamaddilarni o‘zingiz bilan olib yuring – bunday odat sizni fastfud iste’molidan saqlaydi.
  • Tamaddi variantlarini oldindan, 2-3 kunga tayyorlab qo‘ying.
  • Konteynerlar va termokrujkalar ishlating – bu qulay va saranjom.
  • Har bir tamaddida kletchatka va/yoki oqsil bo‘lishiga harakat qiling.
🎒Еда с собой: полезные перекусы для школьников и студентов. Идеи перекусов  в школу. Что положить в ланч-бокс?

Foydali tamaddilar – bu afsona emas, balki hatto eng band kun tartibida ham amalga oshirish mumkin bo‘lgan haqiqat. Ofisda, mashg‘ulotda, bolangiz bilan sayr  qilganda yoki maktabda – hamma joyga mos keladigan mazali va foydali tamaddi tanlash mumkin.

To‘g‘ri tanlangan tamaddinafaqat energiya, balki salomatlikka e’tibor ekanligini unutmang. Bir oddiy retseptdan boshlang va bunday odatni shakllantirish naqadar oson, muhimi salomatligingizga foydali ekanligiga guvohi bo‘lasiz.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.