верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Bahodir Jalolovning yangi raqibi va jangi sanasi e’lon qilindi
18.06.2025

Bahodir Jalolovning yangi raqibi va jangi sanasi e’lon qilindi

Bahodir Jalolovning yangi raqibi va jangi sanasi e’lon qilindi

Super og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar e’lon qilindi. “Top Rank” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan mazkur bahs 26-iyul sanasida AQShning Nyu-York shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Ushbu kechada Bahodir Jalolovga 36 yoshli italiyalik bokschi Janmarko Kardilo raqiblik qiladi. Mashhur Madison Square Garden arenasida o‘tkaziladigan jang 10 raunddan iborat bo‘ladi.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Janmarko Kardilo hozirgacha professional ringda 15 marotaba jang qilgan. U shulardan 12 tasida zafar quchgan, 2 ta bahs durang bilan tugagan, yana bir uchrashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan. E’tiborli jihati shundaki, Kardiloning barcha janglari Italiya hududida o‘tgan.

Ma’lumot o‘rnida, Bahodir Jalolov hozirgacha 15 ta professional jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 14 tasini nokaut bilan, yana birini esa hakamlar qaroriga ko‘ra yutgan.

Jalolov so‘nggi bor 5-aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahrida ringga ko‘tarilib, ukrainalik Igor Shevadzutskiy ustidan hakamlarning bir ovozli qarori bilan g‘alabaga erishgandi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.