Bepul o‘qish, subsidiyalar, imtiyozli kreditlar. O‘zbekiston hukumati va banklari o‘z-o‘zini band qiladigan ayollar uchun nimalar taklif qiladi?


Tasavvur qiling, sizning tanishlaringiz – iste’dodli o‘zbekistonlik ayollar tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqda: Madina chiroyli choponlar tikadi, Asel manikyur bilan shug‘ullanadi, Xadicha esa bento tortlarini buyurtma asosida pishiradi. Ularning hech biri yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan, lekin qonun doirasida ishlashmoqda. Qolaversa, kredit olish va hatto ipoteka rasmiylashtirish imkoniga ega. Chunki ular o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va davlatdan qo‘llab-quvvatlash olgan.
O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs kim?
O‘z-o‘zini band qiladigan shaxs – bu o‘ziga o‘zi ish beruvchi, boshqaga emas, o‘ziga ishlovchi shaxs. U turli sohalarda o‘zini rivojlantirishi va daromad topishi mumkin: sabzavot yoki meva yetishtirish, kiyim tikish, taqinchoqlar tayyorlash, taksichilik, repetitorlik va boshqa ko‘plab faoliyatlar. O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qilish to‘g‘risidagi qarorda 100 dan ortiq faoliyat turi ko‘zda tutilgan va bu yo‘nalishlarning aksarida aynan ayollar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Bularning barchasi esa davlat va Prezident tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash hisobiga amalga oshirilmoqda.
O‘z-o‘zini band qilishning asosiy afzalliklari:
Rasmiy ish bilan bandlik;
Sevimli ish va asosiy faoliyatni birga olib borish imkoni;
Soliq stavkalari juda past;
Ish staji rasmiylashtirilgan kundan boshlab hisoblanadi;
Katta pensiya olish imkoniyati;
Kredit olish huquqi — hattoki uydan chiqmagan holda ham!
O‘zbekiston o‘z-o‘zini band qiladiganlar uchun onlayn kreditlar
Bugungi kunda O‘zbekistonda kredit olish uchun bankka borish shart emas. TBC Bank o‘z-o‘zini band qiladigan shaxlar uchun maxsus taklif ishlab chiqqan.
Jarayon juda oddiy: ilovani yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting, ariza to‘ldiring va 1 daqiqa ichida javob oling. Endi bankka borib, hujjat yig‘ish va haftalab kutish shart emas!
Sizdan talab qilinadigan yagona narsa – o‘z-o‘zini band qiladigan shaxs maqomiga ega bo‘lish, ariza to‘ldirish va faoliyatingizga mos maqsadni tanlash. Hamma narsa tayyor bo‘lsa eng yoqimli qismga o‘tamiz: pul mablag‘lari tasdiqlangach, TBC Bank kartasiga yoki hisob raqamiga o‘tkaziladi. Bunday qo‘llab-quvvotlov bilan biznesingiz albatta rivojlanadi!

* So‘nggi 300 000 foydalanuvchining o‘rtacha kredit olish vaqti. Aniq qaror qabul qilish vaqti mijozning kredit tarixiga bog‘liq va 1 daqiqadan kamroq yoki ko‘proq vaqt olishi mumkin. Foiz stavkasi 28 dan 49% gacha, muddati 3 oydan 36 oygacha, miqdori 300 ming so‘mdan 100 milliongacha. Batafsil ma’lumot va to‘liq shartlar — tbcbank.uz saytida.
O‘zbekiston o‘z-o‘zini band qiladigan ayollarni qo‘llab-quvvatlash
O‘z biznesi tomon birinchi qadamni qo‘ygan va o‘z-o‘zini band qiladigan ayollar uchun davlat bir nechta muhim ko‘mak choralarini taqdim etadi.
Bepul o‘qish va maslahatlar
“Ishga marhamat” monomarkazlarida davlat dasturi asosida ayollar mutlaqo bepul professional mutaxassislardan maslahat olishlari mumkin. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: biznesni ochish va rivojlantirish bo‘yicha yo‘riqnoma, turli sohalar bo‘yicha kurslar, chet tili darslari. Kursni muvaffaqiyatli tugatgan har bir ishtirokchi rasmiy sertifikat oladi. Bu hujjat o‘rta maxsus kasbiy ma’lumot diplomiga tenglashtiriladi.
Yana bir “bonus”: davlat o‘z-o‘zini band qiladigan ayollar uchun ta’lim grantlari ajratadi. Buning yagona sharti — mahallangizga murojaat qilish.

Subsidiyalar
Tadbirkor ayollar uchun davlat 10 million so‘mgacha bo‘lgan subsidiyalar ajratadi. Bu pul ayolga biznesini bosqichma-bosqich va asab buzmasdan boshlashga, uskuna, texnika yoki boshqa kerakli vositalarni olishga yordam beradi.
Subsidiyani olish uchun:
1. Mahallaga murojaat qiling,
2. “Ayollar daftari”ga ro‘yxatdan o‘ting,
3. “Onlayn mahalla” orqali yoki mahalla homiylik kengashi raisi bilan uchrashuvda ariza topshiring.
Imtiyozli kreditlar
O‘z-o‘zini band qiladigan ayollar 33 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar olishlari mumkin. Bu ham yetarlicha jozibador taklif. Bunday kreditlar quyidagi shartlar asosida beriladi:
- Ayol Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lishi;
- Yoki “Ishga xush kelibsiz”, mahalla kasb-hunar o‘quv markazlari yoki ayollar tadbirkorligi markazlari kurslaridan o‘tgan bo‘lishi;
- Shuningdek, xususiy ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilayotgan kasbiy tayyorlov dasturlari ham mos keladi.

O‘zbekistonda o‘z-o‘zini band qiladigan ayollar uchun juda ko‘p imkoniyatlar mavjud — bepul o‘qishdan tortib, kredit olish va biznes boshlashgacha. Barchasi qonuniy, qulay va sizning orzularingiz sari bir qadam yaqinlashtiruvchi yo‘ldir.