Birinchi marta kichik qoidabuzarlik qilgan haydovchilarga ogohlantirish beriladi


Bunda yengil turdagi huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarga YPX inspektori tomonidan ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba berilishi mumkin.
Prezident topshirig‘iga muvofiq ma’muriy jazolar tizimiga yangi — “ma'muriy ogohlantirish” ta’sir chorasini kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq ayrim yengil turdagi huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslarga DPX inspektori tomonidan ogohlantirish beriladi.
Qayd etilishicha, ogohlantirish bir yil ichida faqat bir marotaba berilishi mumkin.
Shuningdek, qarorga muvofiq, IIV tomonidan 2025-yil yakuniga qadar chorraha va yo‘llardagi barcha maxsus texnika vositalari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.
Xatlov natijalari bo‘yicha o‘zboshimchalik bilan yoki belgilangan tartibga rioya etmagan holda o‘rnatilgan, texnik va standart talablariga javob bermaydigan texnika vositalari demontaj qilinadi.
Haydovchilar tomonidan tezlikni oshirish holatlari ko‘plab kuzatilayotgan hududlarda avtomashinalarning ayni vaqtdagi tezligini ko‘rsatib ogohlantiruvchi elektron tablolar o‘rnatiladi.
Tadbirkorlarning maxsus texnika vositalaridan foydalanishda shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, suiiste’molchiliklarning oldini olish choralari ko‘riladi.