Barcha davrlarning eng yaxshi filmlari: Hammaga yoqadigan 20 ta film
Har yili behisob filmlar yaratiladi va ularning aksariyati faqat kino tanqidchilariyu muxlislar xotirasida qoladi. Biroq ayrim kinotasmalari vaqt sinovidan o‘tdi - ba’zilari darhol, ba’zilari chiqarilgandan keyin yillar o‘tib - va eng yaxshi tasvirlarning oltin panteoniga haqli ravishda kirdi. Toping.uz TelecomTV interaktiv video kontent xizmati bilan birgalikda turli janr, rejissyor, setting va chiqarilgan yillardagi 20 ta filmni tanlab oldi. Bu tasmalar faqat bir narsada birlashadi - ular sizga albatta yoqadi.
“Poyga”
Janri: sport dramasi, tarjimai hol
Chiqqan yili: 2013
Rejissyor: Ron Xorvard
Bosh rollarda: Кris Xemsvort, Daniel Bryul, Оliviya Uayld
Davomiyligi: 123 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8.1/10
Tomosha qilish
Syujet: “Formula-1” uchuvchilari - avstriyalik Nikki Lauda va britaniyalik Jeyms Xant - mutlaqo bir-biriga o‘xshamagan insonlar. Biri - hisob-kitobli va ehtiyotkor matematik bo‘lsa, ikkinchisi - bironta ham ziyofatni o‘tkazib yubormaydigan maishatparast. 1976-yilgi chempionatda ular chempionlik uchun kurash olib borishadi va g‘olib boshida ko‘ringani kabi aniq emas.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Poyga bizga qanchalik ajoyib ko‘rinmasin, baribir bu drama. Lauda va Xantning yaqinlari bilan munosabatlari qiyinlashadi, muvaffaqiyatsizliklar kuchli stressga olib keladi, bunday sharoitlarda esa xató qilish oson - va bu 300 km/soatdan past tezlikda nimaga olib kelishi tushunarli. Qiziqarli, tomoshabop, yaxshi kulguga ega bo‘lsa-da, jiddiy film.
Dallas xaridorlari klubi
Janri: drama, tarjima hol
Chiqqan yili: 2013
Rejissyor: Jan-Mark Valle
Bosh rollarda: Мettyu Makkonaxi, Jenifer Garner, Jared Leto
Davomiyligi: 118 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,9/10
Tomosha qilish
Syujet: Kovboy Ron Vudruf - doimo o‘z xayoli bilan yuradi. Ranchoda yashaydi, ot minib yuradi, viloyat sokinligidan zavq oladi. Unga OITS tashxisi qo‘yilganda hamma narsa o‘zgarib ketadi. Tashqarida - saksoninchi yillarning o‘rtalari: virus to‘liq o‘rganilmagan, jamiyatda ham yuqtirish usullari, ham kasallarning o‘zlari haqidagi stereotiplar ko‘p. Ron yordam kutib o‘tirmay, o‘zini qutqarish kerakligini tushunib, dori-darmon yetkazib berish bilan shug‘ullanadi va yo‘l-yo‘lakay hamfikrlar va yangi do‘stlar orttiradi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Stereotiplarni yengish va voqelikni qabul qilish haqidagi og‘ir drama. Qahramon deyarli noiloj vaziyatga tushib qoladi, aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshiradi va o‘zi bilan o‘zi kurashib, yangidan yashashni o‘rganadi. Bundan tashqari, Mettyu Makkonaxi va Jared Letoning ajoyib aktyorlik ishi ham mavjud.
“Parazitlar”
Janri: drama, komediya
Chiqqan yili: 2019
Rejissyor: Pon Jun-xo
Bosh rollarda: Son Kan-xo, Li Son-gyun, Cho E-jon, Chxve U-shik
Davomiyligi: 131 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,5/10
Tomosha qilish
Syujeti: Kimning oilasi Seulda kichkinagina xonadonda yashaydi. Oilaning moliyaviy va ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun alohida istiqbollari yo‘q. Ammo kutilmaganda ajoyib imkoniyat paydo bo‘ladi: badavlat er-xotin Kimning katta qizini o‘zlarining kichkintoy o‘g‘illariga san’atdan mashg‘ulatlar o‘tishga taklif qiladi. Butun oila yolg‘on usullar bilan boy koreyslarda ishlay boshlaydi va bu asta-sekin jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: filmda komediya va drama uyg‘unlashib ketgan, shu bilan birga kayfiyat doimo o‘zgarib turadi. Bu kinoyaviy, kulgili, o‘tkir va shuningdek, murakkab film. Kamiga Janubiy Koreyadagi ijtimoiy tuzum yaxshi ko‘rsatib berilgan.
Mening yigitim jinni
Janri: melodrama, komediya
Chiqqan yili: 2012
Rejissyor: Devid O. Rassell
Bosh rollarda: Bredli Kuper, Jenifer Lourens, Robert De Niro, Jeki Uiver
Davomiyligi: 120 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,7/10
Tomosha qilish
Syujet: Maktab o‘qituvchisi Petning hayoti darz ketadi. U ruhiy kasalliklar shifoxonasiga tushib qoladi va u yerdan sakkiz oydan keyin chiqadi. Qahramon uyiga sobiq xotini bilan munosabatlarni tiklashdek fikr bilan qaytadi. Hamma muammo shundaki, sud taqiqi tufayli u hatto turmush o‘rtog‘ining yaqiniga ham bora olmaydi. To‘satdan Pet Tiffani bilan tanishadi, bu uchrashuv unga yangi munosabatlar va hayotdagi o‘zgarishlarga umid beradi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Melodrama chetdan qaraganda sodda va ma’nosizdek tuyulishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli hissiyotlar va irratsional intilishlarni namoyish qiladi. Do‘stlaringiz va yaqinlaringizning siz aynan shu odam haqida o‘ylayotgan bir paytdagi “uni unutsangchi” degan gaplari. Qahramon barcha bosqichlardan o‘tgandan keyingina o‘z mavqei va imkoniyatlariga boshqacha qarab boshlaydi.
Qonunga itoatkor fuqaro
Janri: jangari, triller, drama
Chiqqan yili: 2009
Rejissyor: F.Geri Grey
Bosh rollarda: Jerard Batler, Jeymi Foks, Kolm Mini
Davomiyligi: 108 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,4/10
Тomosha qilish
Syujet: Klayd Sheltonning hayoti bir kunda barbod bo‘ladi: uning oilasi bosqinchilar qo‘lida halok bo‘ladi. Tushkunlikka tushib qolgan qahramon yana bir zarbaga uchraydi - tergov qotillar bilan kelishib olgan va ular adolatli jazolanmaydi. Klayd o‘zicha odil sudlovni amalga oshirishga qaror qiladi, jinoyatchilarning o‘zi ham, ularga yordam berganlar ham bundan qochib qutula olmaydi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Tizim ko‘rinishidan oddiy bo‘lgan odamni qanday qilib izdan chiqarishi mumkinligi haqidagi qiziqarli jangari film. Filmda juda ko‘p haqiqiy voqealar va umuman olganda voqealarga nisbatan qiziqarli qarashlar mavjud. “Erkak oilaning halokati uchun qasos oladi” ruhidagi syujet shunchaki ko‘ngildagidek tuyuladi – “Qonunga itoatkor fuqaro” uzoq vaqtdan buyon mavjud bo‘lgan janrni qanday qilib yaxshi ijro etish mumkinligini ko‘rsatadi.
Filomena
Janri: drama, komediya
Chiqqan yili: 2013
Rejissyor: Stiven Frirz
Bosh rollarda: Judi Dench, Stiv Kugan, Sofi Kennedi Klark
Davomiyligi: 98 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,6/10
Тоmosha qilish
Syujet: Jurnalist Martin qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Uning uchun safga qaytish yangi surishtiruvga aylanadi. Shunday qilib, qahramon juda og‘ir taqdir egasi Filomena ismli ayol bilan tanishib qoladi. Ayol juda yosh farzand ko‘rib, undan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Shundan keyin zo‘ravonlik va xo‘rlik hukm surgan ibodatxonada yashashiga to‘g‘ri keladi. Keyinchalik ayol hayotini yo‘lga qo‘yadi, lekin bu yillar davomida Filomena qachonlardir asrab olingan farzandini topishga urinishdan to‘xtamaydi. Voqea Martinni o‘ziga jalb qiladi va u keksa ayolga hozirda ulg‘аyib qolgan o‘g‘lini topishda yordam berishga qaror qiladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Film maqsadga intiluvchanlik va hatto bu amalda imkonsiz bo‘lib tuyulsa ham geshtaltlarni yopishga urinish haqida. Hayotni ta’kidlovchi drama, unda qahramonlar deyarli ilojsiz vaziyatlarda ijobiy kayfiyatni saqlab qoladilar va qadam-baqadam orzuga yaqinlashadilar.
Аmeli
Janri: melodrama, komediya
Chiqqan yili: 2001
Rejissyor: Jan-Pyer Jene
Bosh rollarda: Оdri Totu, Matyu Kassovits, Lorella Кravotta
Davomiyligi: 122 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,3/10
Тоmosha qilish
Syujet: Yosh fransuz ayoli Ameli atrofdagilar uchun unchalik tushunarli bo‘lmagan, to‘g‘risini aytganda, qiziqarli ham bo‘lmagan o‘z dunyosida yashaydi. Ammo qiz sehrli tarzda odamlarning hayotini ularga bu sayyorada bo‘lishning ma’nosini eslatgan holda o‘zgartiradi. Yashashdan har kimning o‘zicha ma’no topadi, lekin u yoki bu tarzda hamma narsa yuksak tuyg‘ularga borib taqaladi. Faqat Amelining o‘ziga garchi uning yashirin istagi bo‘lsa-da, qiz yigitni sevib qolgan, lekin hech kim unga yordam bera olmaydi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Ajoyib, yorqin va biroz qayg‘uli romantik komediya, u baxt – bu mayda-chuydalarda va har birimizda mavjudligini eslatadi. Bu hayot, munosabatlar, sevgi, yaxshilikka va odamlarning o‘ziga bo‘lgan ishonch haqida teran ishlangan hikoya. Uydagi uchrashuvlar yoki hayotda nimadir noto‘g‘ri ketganda va shunchaki qulaylikni xohlaganda risoladagi film.
Parvona
Janri: drama, kriminal, tarjimai hol
Chiqqan yili: 2017
Rejissyor: Мixael Hoyer,
Bosh rollarda: Charli Xannem, Rami Malek, Roland Meller
Davomiyligi: 133 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,2/10
Тomosha qilish
Syujet: Parvona nomi bilan tanilgan mayda jinoyatchi o‘zi sodir etmagan qotillik uchun tergov ostiga olinadi. Yigit umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi va qamoqqa jo‘natiladi. O‘zining ahvoliga qaramasdan Parvona ozodlikka chiqish umidini yo‘qotmaydi. Ammo buning uchun u qamoqning barcha dahshatlarini ko‘rishi, yangi do‘stlar orttirishi va eng muhimi - qutulish uchun o‘z qarashlari va qadriyatlari ustida jiddiy ishlash kerakligini tan olishi kerak bo‘ladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film fransuz yozuvchisi Anri Sharyerning kitobi asosida ishlangan bo‘lib, garchi ba’zi tadqiqotchilar voqealar o‘ylab topilgan va jilo berilgan deb hisoblashsa-da, muallif unda aslida o‘z hayotini tasvirlagan. Biroq, ma’lumki, yozuvchi haqiqatan ham oddiy hayotga qaytishdan oldin ko‘p yillarni qamoqlarda o‘tkazgan. Film ancha shafqatsiz va og‘ir, ammo qamoqdagi hayot va doimiy qochishga urinishlar haqidagi syujetdan yana nimani kutish mumkin? Qahramon g‘ayriinsoniy sharoitda yashashga majbur bo‘lib, nafaqat aqlini saqlab qolishga, balki boshqa mahbuslarga yordam berishga ham kuch topadi va bu Parvonaning o‘zining o‘zgarishiga olib keladi. Darvoqe, Charli Xannem yana “Shantaram” serialida bosh rolni ijro etgan - u ham uzoq yillar davomida Hindistonda yashirinib yurgan jinoyatchi tomonidan yozilgan bestseller kitobiga asoslangan.
Yo‘riqnoma ilova qilinmaydi
Janri: komediya, drama
Chiqqan yili: 2013
Rejissyor: Euxenio Derbes
Bosh rollarda: Euxenio Derbes, Jessika Lindsi, Loreto Peralta
Davomiyligi: 115 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,5/10
Тomosha qilish
Syujet: Valentin bo‘ydoqlik hayotidan bahra olmoqda - martaba haqida qayg‘urmaydi, kecha u bilan tunagan qizlardan birontasining ismini eslashi ham amrimahol va u bu har doim shunday bo‘ladi deb o‘ylaydi. To‘satdan yo‘lda sobiq xushtorlaridan biri paydo bo‘ladi, u shoshilgancha uning qo‘liga chaqaloq qizchani tutqazadi va g‘oyib bo‘ladi. Valentin yengil qilib aytganda, bolalar va ularning ehtiyojlaridan juda uzoq edi. Ammo otalik mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi va qizini tarbiyalashga qaror qiladi, shu bilan birga turmush tarzini jiddiy ravishda o‘zgartiradi. Hammasi yaxshi ketayotgan edi, ammo olti yildan keyin qizchaning onasi yana paydo bo‘ladi va qizini olib ketmoqchi bo‘ladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Otalikning og‘ir kunlari haqidagi kulgili komediya. Qo‘rquvlar, kechinmalar, muammolar, samimiy quvonch - yosh ota-onalar duch keladigan hamma narsa. Film haqiqatan ham yaxshi va quvnoq, ammo shu bilan birga muhim muammolarni keltirib chiqaradi: qizaloqning o‘z qo‘rquvlari va xavotirlari yetarli, onaning paydo bo‘lishi esa bolaning butun dunyosini xavf ostiga qo‘yadi - axir u otasiz hayotini tasavvur qila olmaydi. Film yosh ota-onalarga ham, kichkintoylarning murakkab birinchi yillarini boshdan kechirganlarga ham yoqib qoladi.
Men kimman
Janri: triller, detektiv, drama
Chiqqan yili: 2014
Rejissyor: Baran bo Odan
Bosh rollarda: Тоm Shilling, Elias M’Barek, Votan Vilke Mering
Davomiyligi: 102 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 7,4/10
Тomosha qilish
Syujet: Dasturchi Benjamin bu dunyodan bo‘lmagan daholar toifasidan. Yigit eng murakkab kompyuter tizimlarini mukammal biladi, ammo haqiqiy hayotda u aslida hech narsaga qodir emas. Raqamli dunyoning yana bir mutaxassisi Maks bilan tanishganida hamma narsa o‘zgarib ketadi - to‘g‘ri, yigit o‘zini Benjamendan farqli o‘laroq qo‘pol va g‘alati tutadi. Shunga qaramay, ular birgalikda ishlay boshlaydilar va bir necha xakerlik hujumlarini uyushtiradilar. Bu nafaqat o‘ziga o‘xshaganlar orasida shuhrat qozonishiga, balki politsiyada ham qiziqish uyg‘onishiga olib keladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Film bejiz Devid Fincherning “Jangchilar klubi” bilan taqqoslanmaydi - qahramonlar va tugun haqiqatan ham juda o‘xshash. O‘zini izlash, umumiy farovonlik uchun yarim afsonaviy dushmanlarga qarshi kurashish, qonun bilan bog‘liq muammolar - bularning barchasi Benjaminni kutmoqda. O‘tkir detektiv jangari film titrlargacha keskinlikni ushlab turadi, bu har bir filmga ham taalluqli emas.
Jinoiy asar
Janri: criminal, qora komediya, drama
Chiqqan yili: 1994
Rejissyor: Кventin Tarantino
Bosh rollarda: Jon Travolta, Uma Turman, Samuyuel Jekson, Bryus Uillis
Davomiyligi: 154 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,9/10
Тomosha qilish
Syujet: Ehtimol, bu syujetni tasvirlashning iloji bo‘lmasa kerak. Filmni bir soniya ham chalg‘imagan holda dialoglardagi har bir so‘zni ilg‘agancha shunchaki tomosha qilish kerak. Rasmiy ravishda, “Jinoiy asar” - to‘qsoninchi yillarning boshlarida AQSH jinoyat olamidagi kundalik hayot haqida bir-biriga bog‘langan hikoyalar to‘plami. Gangsterlar mayda bezorilardan qarzlarni olishadi, qotil restoranga kirish orqali xo‘jayinning xotiniga xushomad qilish topshirig‘ini oladi, oilaviy juftlik esa kafega tashrif buyuruvchilarni tunashga qaror qiladi - bu faqat bir nechta epizodlarning boshlanishi bo‘lib, ularning oxiri mutlaqo kutilmagan: qayerdadir qonli, qayerdadir baxtli, lekin har doim qora hazil bilan bo‘ladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: film Kventin Tarantinoga zamonamizning asosiy rejissyorlaridan biriga aylantirdi va unga muxlislar armiyasinito‘plashga yordam berdi. Aynan “Jinoiy asar” yosh Tarantinoga eng yaxshi original senariy uchun birinchi “Oskar”ni olib keldi va uni “boshqalarga o‘xshamaydigan” rejissyorlar darajasiga ko‘tardi. Filmning o‘zi esa tafsilotlarga fantastik e’tibor va taniqli sahnalashtiruvchining o‘ziga xos uslubi bilan aql bovar qilmaydigan vaziyatlar to‘plamiga aylandi.
Yashil yo‘lak
Janri: drama, mistika, triller
Chiqqan yili: 1999
Rejissyor: Frenk Darabont
Bosh rollarda: Тоm Xenks, Маykl Klark Dunkan, Devis Mors, Sem Rokuell
Davomiyligi: 189 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,6/10
Тomosha qilish
Syujet: 1935-yil, voqea sodir bo‘lgan joy - Amerika qamoqxonasi. Aniqrog‘i, uning o‘lim jazosiga hukm qilinganlarga mo‘ljallangan alohida bloki. Kunlardan bir kuni u yerga yangi jinoyatchi - ikkita opa-singilni o‘ldirishda aybdor deb topilgan Jon Koffi ismli haddan tashqari ulkan odamni olib kelishadi. Qo‘rqinchli ko‘rinishi va juda og‘ir moddaga qaramay, Jon o‘zini stereotip zo‘ravon manyakdek tutmaydi: qorong‘ilikdan qo‘rqadi, kamtar, boshqa mahbuslarga mehribonlik qiladi. Bosh qahramon, qamoqxona nazoratchisi Pol Ejkob Jonning qotilligiga shubha qiladi. Koffi g‘ayrioddiy qobiliyatlarini namoyish qila boshlaganda va atrofdagilarga yordam bera boshlaganda, shubhalar yanada kuchayadi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Film mashhur yozuvchi Stiven Kingning (“Yorug‘lik”, “U”, “Uy hayvonlari qabristoni”, “Shoushenkdan qochish”) kitobiga asoslangan, aktyorlar tarkibida esa Gollivudning yulduzlari qatnashgan. Tasvirni tomosha qilish davomida g‘azab, hamdardlik, kulgi, quvonch, jirkanish, dahshat - ba’zan esa barchasi bir vaqtning o‘zida hissiyotlar bo‘roniga sabab bo‘lishi kafolatlangan. Ehtimol, “Yashil yo‘lak” zamonaviy madaniyatning eng muhim asarlaridan biridir va ayniqsa, filmning ekranlashtirilishi kitobning o‘zidan hech ham qolishmaganligi quvonarli. Kingning barcha ishlari ham munosib kino moslashuvlariga ega bo‘lavermaydi, ammo “Yashil yo‘lak” misolida bu omadli chiqqan.
Ruh
Janri: animatsiya, komediya, sarguzasht
Chiqqan yili: 2020
Rejissyor: Pit Dokter, Kemp Pauers
Bosh rollarda (ovoz bergan): Jeymi Foks, Тina Fey, Grem Norton
Davomiyligi: 106 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,0/10
Тomosha qilish
Syujet: Jo Gardner haqiqiy jaz musiqachisi bo‘lishni orzu qiladi, ammo hayot boshqacha yo‘l tutdi - u oddiy o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Taqdir unga mashhur artist oldida imtihon topshirish imkoniyatini beradi. Muvaffaqiyatni oldindan his qilgan Jo kanalizatsiya lyukiga tushib ketadi va shu zahoti vafot etadi. Hayotdan keyin ruhlar boradigan dunyoga ketishdan bosh tortgan Jo, yosh ruhlar o‘z iste’dodlarini aniqlaydigan va keyin chaqaloqlarga ko‘chib o‘tadigan joyga tushib qoladi. Bu tartibning jiddiy buzilishiga olib keladi. “Rahbariyat”ni xursand qilish uchun musiqachi 22-ruhda uchqun yoqishi kerak bo‘ladi. Bu qaysar va o‘zboshimcha mavjudot bo‘lib, hech kim bo‘lishni xohlamaydi va shu sababli bir necha yuz yillardan buyon Yerga tusha olmaydi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Dunyoda o‘z maqsadini topish va baxtga erishish qanchalik muhimligi haqida aqlli, quvnoq va ibratli film. Film bolalar bilan tomosha qilishga juda mos keladi, sizni kattalar mavzusi aslo cho‘chitmasin: Pixar bolalar tushunadigan tilda jiddiy voqealarni aytib berishni biladi. Masalan, “Kokoning siri”da studiya o‘lim mavzusini ochib berishdan qo‘rqmadi. “Ruh” bu jihatdan narigi dunyoga emas, balki o‘z iste’dodi va intilishlarini anglashga e’tibor qaratadi.
Cho‘qintirgan ota
Janri: criminal drama
Chiqqan yili: 1972
Rejissyor: Frensis Ford Koppola
Bosh rollarda: Маrlon Brando, Аl Pachino, Jeyms Kaan, Robert Dyuvall
Davomiyligi: 175 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 9,2/10
Тоmosha qilish
Syujet: mafiya boshlig‘i Vito Korleone uzoq yillar davomida eski urf-odatlar bo‘yicha ish olib boradi - qat’iy, ammo adolatli, do‘stlikni hurmat qiladi, “iflos” sohalar bilan aloqa qilmaydi va har doim so‘zida turadi. Shaharga yangi gangsterlar kelganida, uning oilasining jinoyat olamidagi mustahkam mavqei zaiflasha boshlaydi - ular kodeks bilan qiziqmaydilar, ular o‘zlariga bo‘ysundira olmaydigan har qanday odamni fosh qilishga tayyor. Don Korleone -o‘zining xuddi ana shu qat’iyati va prinsipialligi sabab obro‘-e’tibor bilan yoshini yashab o‘tadi. Shunday qilib, urush nafaqat oilalar o‘rtasida, balki eski va yangi tartib o‘rtasida ham boshlanadi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Me’yorda, benuqson suratga olingan va teran manzara, unda kriminal muhit faqat keng auditoriyani qiziqtirish uchun xizmat qiladi. Aslida esa, bu vaqtning o‘tishi, dunyoning o‘zgarishi, konservatizm va bema’ni novatorlikka qarshi kurash haqidagi film. Aktyorlarning o‘z obrazlariga a’lo darajada mos kelishi, shoshma-shosharliksiz muloqotlar, izchil va o‘ychan hikoya – “Cho‘qintirgan ota” hozir biroz eskirgan ko‘rinishi mumkin (film har holda 52 yoshda), lekin bu barcha davrlarning eng muhim lentalaridan biridir.
Forrest Gamp
Janri: melodrama, komediya
Chiqqan yili: 1994
Rejissyor: Robert Zemekis
Bosh rollarda: Тоm Хenks, Robin Rayt, Geri Siniz
Davomiyligi: 142 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,8/10
Syujet: Forrest Gamp – mayda g‘ayritabiiylikka ega odam, lekin bu go‘yoki unga hayotda yordam berayotgandek tuyuladi. Film qahramonning bolaligi va ulg‘ayishini qamrab oladi, taqdir uni AQSH prezidenti qabulida bo‘lish va Vyetnam urushiga qatnashishdek turli xil vaziyatlarga soladi. Forrest hamma yerda ham o‘ziga xos beg‘amligi bilan g‘olib chiqadi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Har qanday vaziyatda ham qanday qilib ichki xotirjamlikni saqlab qolish mumkinligi haqidagi ijobiy film - hatto tashqi tomondan kuchli xarakterga egadek tuyulsa-da, kuchli xarakterga inson yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas. Forrest ketma-ket o‘zicha harakat qiladi va bu unga hayotda yordam beradi, xolos. Hammasi mehribonlik, o‘ziga ishonch va atrofdagilarga yordam berishga intilish tufayli.
“I” operatsiyasi va Shurikningboshqa sarguzashtlari
Janri: komediya, melodrama
Chiqqan yili: 1965
Rejissyor: Leonid Gayday
Bosh rollarda: Аleksandr Demyanenko, Natalya Selezneva, Yuriy Nikulin, Аleksey Smirnov
Davomiyligi: 95 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,4/10
Syujet: Har qanday talaba kabi Shurikning ham ishlari ko‘p: imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rish, qurilishda bir-ikki so‘m ishlab topish, yana bir yoqimtoy kursdosh qiz bilan yaqindan tanishish. Shurik qorovul kampirning o‘rniga omborni qo‘riqlashni bo‘yniga olib, talonchilarga duch kelganida hammasi butunlay o‘zgarib ketadi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: SSSR davrining eng buyuk filmlaridan biri. Yorqin, o‘tkir, quvnoq komediya, unda tasodiflar tasodif emas, topqir Shurik esa har doim murakkab qiyinchiliklarni yengib o‘tadi. Filmdagi jumlalar hozir ham tildan-tilga ko‘chib yuradi, undagi hajv esa sovet kinosi uchun namuna bo‘ldi.
Leon
Janri: drama, kriminal
Chiqqan yili: 1994
Rejissyor: Lyuk Besson
Bosh rollarda: Jan Reno, Natali Portman, Gari Оldman
Davomiyligi: 110 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,5/10
Тomosha qilish
Syujet: Leon ismli qotil narsalarga va odamlarga o‘ch emas. U doim safarda yuradi, faqat o‘z o‘simligini olib yuradi va yana u yangi sutni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, Leon muhim tamoyillarga amal qiladi – nishonga ayollar va bolalarni tanlash mumkin emas. Yollanma qotil qizaloq Matildani qutqarishga qaror qilganida, uning odatiy hayoti o‘zgarib ketadi. Uning oilasini sotqin politsiyachilar o‘ldirgan va bola qasos olmoqchi. Leon, yovvoyiligiga qaramay, Matildaga yordam berishni muhim deb biladi va nimaga rozi bo‘lganini darrov payqamaydi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Jan Reno, Natali Portman va Geri Oldmanning ajoyib aktyorlik mahorati yorqin lahzalarga ham o‘rin topgan og‘ir voqeani kuchaytiradi. Keskin syujet hatto sovuqqon qotilni ham g‘azablantirishga qodir Matilda kabi bo‘shashishga imkon bermaydi.
1+1
Janri: komediya, melodrama
Chiqqan yili: 2011
Rejissyor: Оlivye Nakash, Erik Toledano
Bosh rollarda: Fransua Klyuze, Omar Si, Ann Le Ni
Davomiyligi: 112 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,5/10
Syujet: Driss endigina qamoqdam chiqqan va erkinlikda nima bilan shug‘ullanishini tushunishga harakat qilmoqda. Tasodifan u baxtsiz hodisadan keyin deyarli butunlay falaj bo‘lib qolgan boy zodagon Filipp bilan tanishib qoladi. Ehtimol, Driss qarab o‘tiradigan roliga ko‘rib chiqishga arziydigan so‘nggi insondir. Biroq uning soddaligi va nekbinligi hatto hamma narsani ko‘ra biladigan millionerga ham ko‘p narsani o‘rgatishi mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=tTwFeGArcrs
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Hatto juda og‘ir bo‘lsa ham, o‘z hayoti va vaziyatga boshqacha qarash mumkinligi haqida ijobiylik bilan to‘ldirilgan komediyali drama. Qahramonlarning qiziqarli rivojlanishi, bir-biriga “ishqalash”ning kutilayotgan bosqichi, bu bilan bog‘liq kulgili vaziyatlar - bularning barchasi “1+1”ni shu janrdagi eng yaxshi filmlardan biriga aylantiradi.
Маtritsa
Janri: fantastic jangari
Chiqqan yili: 1999
Rejissyor: Lano Vachovski, Lilli Vachovski
Bosh rollarda: Кianu Rivz, Kerri-Enn Moss, Lorens Fishbern, Xyugo Uiving
Davomiyligi: 136 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,7/10
Syujet: Tomas Anderson - ulkan korporatsiyaning oddiy xodimi: haftasiga besh kun kompyuterda ishlaydi, osmonda yulduz uzmaydi. Ammo ofisdan tashqarida u juda qobiliyatli xaker Neo sifatida tanilgan. Aytishnikning qobiliyatini sirli odamlar payqab, u yashayotgan dunyo haqida qandaydir dahshatli haqiqatni aytib berishni va’da qiladilar. Rozilik bergach Tomasning hayoti haqiqatan ham bir umrga o‘zgarib ketadi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Tomoshabop jangari film ekranlarga chiqarilgandan 25 yil o‘tgach ham umuman eskirmagan holat kamdan-kam uchraydi. Ajoyib texnik ish - maxsus effektlar, tryuklar va jangovar sahnalar uzoq vaqt davomida boshqa blokbasterlar uchun namuna bo‘ldi. Bundan tashqari, nafaqat qahramonlar, balki tomoshabinlar oldida ham murakkab axloqiy dilemmalarni keltirib chiqaradigan juda yaxshi syujet.
Ivan Vasilyeviсh kasbini o‘zgartiradi
Janri: komediya, drama
Chiqqan yili: 1999
Rejissyor: Leonid Gayday
Bosh rollarda: Аleksandr Demyanenko, Yuriy Yakovlev, Leonid Kuravlev
Davomiyligi: 88 daqiqa
IMDbdagi reytingi: 8,2/10
Syujet: Ixtirochi Timofeev haqiqiy vaqt mashinasini yaratdi. U portalni to‘g‘ridan to‘g‘ri XVI asr hukmdori Ivan Grozniy saroyiga ochadi. Qattiqqo‘l podsho sovet davrida, xonadon o‘g‘risi va mahalliy uy boshqaruvchisi o‘rta asrlarga tushib qoladi. Qahramonlar yangi davrlarga ko‘nikishlari va ehtiyot bo‘lishlari kerak - axir har ikki holatda ham ularning aslida kimligi aniqlansa, xavf-xatar tahdid soladi.
Nima uchun tomosha qilishga arziydi: Qiziqarli va o‘tkir holatlar haqidagi komediya: qahramonlar o‘ziga tegishli bo‘lmagan muhitga tushib qoladilar va ular noodatiy sharoitlarga ko‘nikishlari lozim. Ajoyib vaziyatlar, aktyorlarning ishonarli ijrosi, sifatli suratga olish - filmga deyarli hech qanday e’tiroz bildirish mumkin emas, bu sof klassikadir.