Dam olish kunlari havo +39 darajagacha isiydi


O‘zbekistonda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +27…+30, ayrim joylarda +36…+39 darajagacha ko‘tariladi.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi
Shamol sharqdan 7−12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15−20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Juma kunduzi havo +27…+30 darajagacha, yakshanba kuniga kelib esa +32…+35 darajagacha isiydi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda dam olish kunlari ba’zi joylarda +36…+39 darajagacha isiydi.
Toshkent shahrida 25−27-aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Juma kunduzi harorat +28…+30 daraja, shanba kuni +30…+32 daraja, yakshanba kuni +32…+34 daraja bo‘ladi. Kechalari +15…+18 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 metr/sekund tezlikda esadi.