O‘zbekistonda yangi haftada: 7–10-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 7–10-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 oktyabrda 2-7° iliq, 8-10 oktyabrda 7-12° iliq gacha ko‘tariladi, kunduzi 20-25° gacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-8 oktyabrda 5-10°, 9-10 oktyabrda 10-15° gacha ko‘tariladi, kunduzi 7-9 oktyabrda 23-28°, 10 oktyabrda 25-30° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°, 10 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 oktyabrda 8-13°, 10 oktyabrda 10-15°, kunduzi 7-8 oktyabrda 23-28°, 9-10 oktyabrda 27-32° gacha ko‘tariladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-9 oktyabrda kechasi 8-13°, kunduzi 20-25°,
10 oktyabrda kechasi 10-15°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-9 oktyabrda 12-17°, 10 oktyabrda kechasi 17-22° bo‘ladi.