O‘zbekiston banklarida so‘mdagi kredit foizlari oshdi


O‘zbekistonda banklar tomonidan so‘mda ajratilayotgan kreditlar foiz stavkalari bir oy ichida sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bankning rasmiy ma’lumotida aytilgan.
Joriy yilning iyun oyida aholiga berilgan o‘rtacha kredit stavkalari 23,7 foizni tashkil etdi. Taqqoslash uchun aytish joizki, may oyida bu ko‘rsatkich 23,1 foizni, aprel oyida esa 22,9 foizni tashkil qilgan.

Shunga qaramay, yillik solishtirma natijalarga ko‘ra, foiz stavkalari pasayganini ko‘rish mumkin. 2024-yil iyun oyida banklar aholiga kreditlarni o‘rtacha 24,6 foizdan ajratgan. O‘tgan yilning dekabrida esa bu raqam 24,9 foizgacha ko‘tarilgan edi.
Korxonalar uchun taqdim etilgan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari ham ozgina o‘zgarish kuzatdi. 2025-yil iyun oyida bu ko‘rsatkich 22,8 foizni tashkil etgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 0,1 foizga yuqoridir. May oyida esa korxonalar uchun kredit stavkalari 22,6 foiz edi.