08.05.2025
Bloger Kamol Qahhorov sevgan qizining qo‘lini so‘radi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Kamol Qahhorov Instagram’dagi sahifasida ta’sirli videoni e’lon qilib, obunachilariga hayotidagi muhim voqea haqida xabar berdi.
5-may kuni u qiziga turmush qurishni taklif qildi. Romantik marosim Magic City bog‘ida bo‘lib o‘tdi.
Qiz baxt ko‘z yoshlarini tiyolmay, “ha” deb javob berdi. Bloger doimo kutilmaganda va ertakdagidek taklif qilishni orzu qilganini tan oldi hamda uning aytishicha, hamma narsa u va sevgilisi tasavvur qilganidek bo‘ldi.
Komol ham hayajonlarini yashirmadi va eng mas’uliyatli paytda uzukni adashtirmasdan to‘g‘ri barmoqqa taqishiga oz qolganini aytib o‘tdi.
Blogerning muxlislari u uchun juda xursand va bo‘lajak to‘yni intizorlik bilan kutmoqda.