РУ
O’Z
UZS
/
/
Barcha vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga oʻtkaziladi
25.11.2024

Barcha vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga oʻtkaziladi

Barcha vazirlik va idoralar Yangi Toshkentga oʻtkaziladi

Oʻzbekistondagi barcha davlat ijroiya hokimiyati organlarini (vazirlik va idoralar) Yangi Toshkent hududiga koʻchiriladi. Bu haqda prezident poytaxt boʻylab “yashil belbogʻ” tashkil qilish boʻyicha tadbirda maʼlum qildi.

“Yashil makon deganimiz bu bejiz emas, bu — kelajagimiz. Xudo xohlasa, mana Yangi Toshkentni qurib, ijro organini hammasini Yangi Toshkentga koʻchirishni reja qilyapmiz. Tasavvur qilinglar katta mashinalar kirmaydigan, tirbandliklar yoʻq [hudud] boʻlib, odamlar bundan faqat foyda koʻradi”, — dedi prezident.

2023-yil mart oyida prezident Yangi Toshkent qurilishi boshlanganini bildiruvchi kapsulaga tamal toshi qoʻygan edi, deya eslatmoqda nashr. Shahar 1 million aholini sigʻdira olishi kutilmoqda.

Bu yerda davlat muassasalari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa obyektlar joylashishini taʼkidladi. Hozirda vazirlik va idoralar joylashgan bino oʻrnida mehmonxonalar, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini ochish rejalashtirilgan. “Toshkent zamonaviy turizm va biznes markaziga aylanadi”, — degandi oʻshanda davlat rahbari.