30.05.2025
Bloger Leo VFWT festivalida ochiq obrazi bilan e’tiborga tushdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Mashhur bloger Leo Instagramdagi obunachilariga yangi suratlari bilan ko‘rinish berdi.
O‘zbekistonlik bloger Leo Toshkentda bo‘lib o‘tgan VFWT festivalida ochiq obrazi bilan e’tiborga tushdi
Suratlarda qiz ochiq topdan iborat jasur va zamonaviy qiyofada namoyon bo‘lgan, uning ustidan to‘rli yubka bilan uyg‘unlashtirilgan to‘rli yopinchiq kiygan.
Yakuniy qo‘shimcha do‘ppi va yorqin pardoz bo‘ldi. Suratlar Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan VFWT festivalida olingan.
Bu lavhalar Leo obunachilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Izohlarda foydalanuvchilar uning qiyofasi va benuqson qomatiga qoyil qolishgan.