Dilfuza Ismoilovani 80 ming dollarga chuv tushirishdi


Taniqli xonanda Dilfuza Ismoilova firibgarlik oqibatida 80 ming dollarga chuv tushdi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.
Hozirda ushbu ish jinoyat ishlari boʻyicha Uchtepa tuman sudida koʻrib chiqilmoqda. Sudlanuvchidan faqat Dilfuza Ismoilova emas, boshqa fuqarolar ham jabrlangan boʻlishi mumkin.
Xonandaning advokati Zebo Komilovaning soʻzlariga koʻra, sudlanuvchi avvaliga xonandaning “gap”iga qoʻshilgan. Soʻngra oʻzini sitrus mevalar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkor sifatida koʻrsatib, uning ishonchiga kirgan. U chetdan kelayotgan sitrus mevalarning har bir yuk mashinasidan 25-30 ming foyda olayotganini aytgan.
Bunga ishongan Dilfuza Ismoilova “Men ham biznes boshlamoqchi edim, yaxshi reja ekan, pul tikaman” degan. Ular foydani teng boʻlishga kelishgan. Shu tariqa xonanda sudlanuvchining tuzogʻiga tushib qolgan. Sudlanuvchi oldin ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi, yaʼni firibgarlik jinoyati boʻyicha sudlangan boʻlgan.