07.10.2025
Bloger Salik_prod uylanmoqda, u nikoh marosimidan suratlarni e’lon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bloger Sallohiddinjon Bo‘riyev, Salik_prod taxallusi bilan mashhur, sevgilisiga turmush qurishni taklif etdi.
U bu haqda Instagram’dagi obunachilariga unashtiruv marosimidan olingan bir qator suratlarni e’lon qilib ma’lum qildi.
E’lon qilingan tasvirlarda juftlik nihoyatda baxtli va bir-biriga oshiq ko‘rinadi. “U rozilik berdi”, deya yozdi bloger bir zumda minglab yoqtirishlar to‘plagan postiga.
Postning izohlar bo‘limida muxlislar Sallohiddinjon va uning tanlaganini qizg‘in tabriklab, ularga cheksiz baxt va uzoq umr tilashmoqda.