Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5,3 mln soʻmni tashkil etdi
24.01.2025

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5,3 mln soʻmni tashkil etdi

Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi 5,3 mln soʻmni tashkil etdi

Hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich 9 mln soʻm bilan Toshkentga, eng past koʻrsatkich esa 3,7 mln soʻm bilan Qashqadaryoga toʻgʻri keldi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

2024-yilda Oʻzbekistonda korxona va tashkilotlar xodimlarining oʻrtacha oylik ish haqi 5 mln 357 ming soʻmni tashkil etdi. Bu haqida Statistika agentligi maʼlum qildi.

Otgan yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan mazkur koʻrsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 17,4%ga oʻsgan.

Hududlar boʻyicha eng yuqori koʻrsatkich Toshkent shahriga toʻgʻri keladi — 9 mln 072 ming soʻm (21,4%).

Undan keyingi oʻrinlarda 6 mln 766 ming soʻm bilan Navoiy hamda 5 mln 99 ming soʻm bilan Toshkent viloyatlari turibdi.

Eng kam oʻrtacha oylik ish haqi esa 3 mln 785 ming soʻm bilan Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqining eng baland koʻrsatkichi moliya va sugʻurta sohasida qayd etilgan — 15,263 mln soʻm. Undan keyingi oʻrinlarda axborot va aloqa (13,1 mln soʻm) hamda tashish va saqlash sohalari (8,11 mln soʻm) turibdi.

Shuningdek, oʻrtacha oylik ish haqi sanoat sohasida 6,43 mln soʻmni, savdoda 6,23 mln soʻmni hamda qurilishda 5,9 mln soʻmni tashkil etgan.

Eng past koʻrsatkich esa taʼlim (3,6 mln soʻm) hamda sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish (3,4 mln soʻm) sohalariga toʻgʻri keladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.