Oʻzbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi


Xokkeychilarning jahon chempionatidagi debyuti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Armanistonning Yerevan shahrida xokkey boʻyicha jahon chempionati IV divizion oʻyinlari yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, birinchi oʻrinni egalladi.
Xokkeychilar Kuvaytni 13:3, Eronni 20:0, Indoneziyani 26:1 va Malayziyani 18:3 hisobida magʻlub etib, Armanistonga bullitlar hisobida 2:3 hisobida yutqazdi. Biroq, toʻplangan ochkolar musobaqada 1-oʻrinni qoʻlga kiritish uchun yetarli boʻldi.
Endi Oʻzbekiston xokkey milliy jamoasi 2026-yili jahon chempionatining III B divizionida ishtirok etadi.
Oʻzbekiston tarixidagi ilk milliy jamoa tarkibi oʻzbek xokkeyining yosh tarbiyalanuvchilari va Toshkentning “Humo” klubida oʻynash tajribasiga ega boʻlgan bir qator rossiyaliklardan tuzildi.