Boshlovchi Laziza ikkinchi farzandini kutmoqda


O‘zbek shou-biznesida shov-shuvli harakatlari bilan tanilgan Laziza ikkinchi bor homilador bo‘lgani haqidagi xushxabarni e’lon qildi.
Bu haqda u Instagram’dagi sahifasiga ta’sirli video joylab, obunachilariga ma’lum qildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Videoda Laziza turmush o‘rtog‘i va kichkina o‘g‘li bilan birga tasvirlangan. Ayniqsa, boshlovchi allaqachon ko‘zga tashlangan qorinchasini namoyish etgani, eri esa uni mehr bilan silayotgani e’tiborni tortdi.
Laziza o‘ziga xos intervyu shakli bilan keng shuhrat qozongan. U kutilmaganda to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek shou-biznesi yulduzlarining uyiga kelib, ulardan intervyu olishi bilan mashhur bo‘lgan.