Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga taqiq qoʻyildi
28.11.2024

Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga taqiq qoʻyildi

Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishiga taqiq qoʻyildi

Avstraliya hukumati 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Ushbu qaror dunyo boʻyicha bu boradagi eng qatʼiy choralardan biri hisoblanadi.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

Ayrim tanqidchilar va inson huquqlari boʻyicha tashkilotlar qonunni qoralab, uni oʻsmirlarni darknet va boshqa noqonuniy platformalarga yoʻnaltirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.  

Qonun loyihasi 2023-yil 28-noyabrda Avstraliya senatida 34 nafar senatorning roziligi bilan tasdiqlandi. Qarorga muvofiq, taqiq bir yil ichida kuchga kiradi, ammo 2025-yilda sinov muddati oʻtkazilishi kutilmoqda. Ushbu hujjat yoshlar oʻrtasidagi ijtimoiy tarmoq cheklovlarini qonunlashtirishni maqsad qilgan boshqa mamlakatlarga andoza boʻlishi mumkin.  

Avstraliya aloqa vaziri Mishel Roulendning soʻzlariga koʻra, TikTok, Instagram, X (sobiq Twitter), Facebook va Snapchat kabi platformalar taqiq ostiga tushishi mumkin, ammo YouTube taʼlimiy maqsadi tufayli bundan mustasno. Qonunni buzgan texnologik kompaniyalar 49,5 million Avstraliya dollari miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.  

Ekspertlar va Amnesty International kabi tashkilotlar qonunni tanqid qilar ekan, ijtimoiy tarmoq egalari endi foydalanuvchilar yoshini tasdiqlash uchun biometrik maʼlumotlar yoki hujjatlar talab qilish ehtimolini oshirishi mumkinligini, bu esa shaxsiy hayot daxlsizligini buzishi mumkinligini taʼkidlashdi. Shuningdek, VPN texnologiyasi orqali ushbu cheklovlarni aylanib oʻtish ehtimoli ham koʻrib chiqilmoqda.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.