Bu dahshat! Beshta yangi va haqiqatan ham qo‘rqinchli bo‘lgan dahshatli filmlar


Xorror janri juda tor doirada: hamma tomoshabinlar ham asablarini taranglashtirishni yoqtirishavermaydi. Shunday bo‘lsa-da, ayrim filmlar yuqori franshizaga aylanib bo‘ldi, so‘nggi yillarda esa qahramonlar to‘qnash keladigan sharpalar, monstrlar va boshqa maxluqotlar haqida ko‘plab qiziqarli filmlar ishlab chiqildi. Toping.uz yaqin vaqt ichida - so‘nggi besh yilda ishlab chiqilgan beshta sifatli qo‘rqinchli filmni tanlab oldi.
Ikki, uch, arvoh, kela qol!
Asl nomlanishi: Talk to Me
Ishlab chiqarilgan yili: 2022-yil
Rejissyor: Denni va Maykl Filippu
Bosh rollarda: Sofi Uayld, Aleksandra Jensen, Jo Berd
Davomiyligi: 1 soat 35 daqiqa
Filmdagi voqealar Avstraliyada bo‘lib o‘tadi. Bolalar narigi dunyo bilan o‘ynashga jur’at qiladilar: agar sham yoqilib, sopol qo‘lga tegilsa va “Men bilan gaplash” deyilsa (film asl nusxada shunday nomlanadi), siz nafaqat arvohni ko‘rishingiz, balki uni tanangizga kiritishingiz ham mumkin. Mia ismli qiz onasi vafotining bir yilligi munosabati bilan navbatdagi marosimga borib, u yerda o‘smirlar o‘zlarining yoniga ruhlarni taklif qilishadi. Bu seans odatdagidek o‘tmayapti: tiriklar va o‘liklar dunyosi o‘rtasidagi portal ochiq qoladi va yoshlar jamoasi nima uchun bunday narsalar bilan hazillashmaslik kerakligiga shaxsan ishonch hosil qilishadi.
Xorror noyob va ko‘p qirrali bo‘lib chiqdi. Haqiqatan ham dahshatli manzaralardan tashqari, film yaqinlarini yo‘qotish, o‘smirlik davridagi yopiqlik, tushkun fikrlar kabi psixologik jihatlarni ham qamrab olgan.
Tabassum
Asl nomlanishi: Smile
Ishlab chiqarilgan yili: 2022-yil
Rejissyor: Parker Finn
Bosh rollarda: Sozi Beykon, Kayl Gallner, Jessi Asher
Davomiyligi: 1 soat 55 daqiqa
Bu kutilmaganda qo‘rqinchli filmlar orasida xitga aylandi: 17 million dollarlik byudjet bilan film 200 milliondan ko‘proq daromad keltirdi. Uning davomi (“Tabassum 2”) allaqachon ekranlarga chiqdi, boshlovchi rejissyor Parker Finning esa suratga olish bo‘yicha bir dunyo fikrlari bo‘lsa kerak.
Shifoxonaning psixiatriya bo‘limi xodimi Rouz har kuni bemorlarni g‘ayrioddiy holatda ko‘radi, ammo bir voqea uni ham hayratda qoldiradi. Yangi kelgan qiz uni qandaydir jin ta’qib etayotganini ta’kidlaydi, keyin esa qo‘rqinchli tabassum bilan o‘z joniga qasd qiladi. Shundan so‘ng Rouzning o‘zi go‘yoki ham aqldan ozayotgandek bo‘ladi. U tabassum qilayotgan odamlarni ko‘radi va o‘z joniga qasd qilish ketma-ket sodir bo‘layotganiga guvoh bo‘ladi, agar u aslida nima bo‘lganini tushunib yetganida eda, bir necha kundan so‘ng u ham suiqasd qurboniga aylanishini bilar edi.
O‘lja
Asl nomlanishi: Prey
Ishlab chiqarilgan yili: 2022-yil
Rejissyor: Den Traxtenberg
Bosh rollarda: Ember Midfander, Dakota Bivers, Deyn DiLegro
Davomiyligi: 1 soat 40 daqiqa
Arnold Shvartsenegger ishtirokidagi mashhur “Yirtqich” jangari filmi esingizdami? “O‘lja” - bu uning g‘ayrioddiy anturajdagi erkin hikoyasi. XVIII asr boshlari, hindularning komanchi qabilasi. Qahramon qiz Nar-u o‘z qabilasining a’zosiga hujum qilgan hayvonni ovlash uchun ovchilar guruhi bilan boradi. Yo‘lda qiz g‘ayrioddiy izlarni payqaydi - bunday panja izidagi hayvonlarni u ko‘rmagan edi.
Asta-sekin Naru yovvoyi hayvon bilan emas, balki haqiqiy kelgindi - o‘sha yirtqich bilan to‘qnash kelganini tushunadi. Filmni qonli dahshatlar qatoriga kiritish qiyin, lekin ba’zi lahzalarda hatto cho‘chib ketishingiz ham mumkin.
Astral-5: Qizil eshik
Asl nomlanishi: Insidious: The Rod Door
Ishlab chiqarilgan yili: 2023-yil
Rejissyor: Patrick Wilson
Bosh rollarda: Tay Simpkins, Patrik Uilson
Davomiyligi: 1 soat 47 daqiqa
Ushbu qo‘rqinchli filmlar seriyasi 15 yil avval chiqarilgan va barqaror sifati bilan ham, haqiqiy qo‘rqinchli epizodlari bilan ham hayratga solib kelmoqda. Xorrorning beshinchi qismi birinchi filmda hali o‘smir yoshdagi va komada bo‘lgan Dalton haqida hikoya qiladi. Endilikda esa yigit ulg‘ayib, rassomlikka o‘qimoqda. U qandaydir tarzda bolalikdagi voqealar bilan bog‘liq bo‘lgan eshikni chizadi. Bu vaqtning o‘zida, Daltonning otasi to‘satdan arvohga duch keladi. Qahramonlar yovuzlik ularni ta’qib qilishda davom etayotganini tushunishadi.
“Astral” seriali tomoshabinni nafaqat to‘satdan paydo bo‘lgan qandaydir g‘ayritabiiy jirkanchlik bilan, balki yanada nozik yo‘llar orqali ham qo‘rquvga soladi. “Qizil eshik” avvalgi qismlar bilan bir xil tamoyillarga asoslangan va u hali ham samimiy qo‘rquv hissini uyg‘otishga muvaffaq bo‘ladi.
Zulmat va yovuzlik zamini
Asl nomlanishi: The Dark and the Wicked
Ishlab chiqarilgan yili: 2020-yil
Rejissyor: Brayan Bertino
Bosh rollarda: Marin Ayrlend, Maykl Ebbot, Juli Oliver-Tachstoun
Aka-singil yolg‘iz fermaga, keksa ota-onasinikiga ketishadi. Ularning otasi og‘ir kasal, onasi esa, aksincha, farzandlarining kelishidan umuman xursand emas. Bir kun o‘tgach, u omborxonada o‘z joniga qasd qiladi. Mehmonga kelgan aka-singil voqealarning bunday tus olishini ko‘rib hayratda qolishadi va nima bo‘layotganini tushunishga harakat qilishadi. Bu ishda ularga onalarining kundaligi yordam berishi kerak, ammo u faqat yangi savollar tug‘diradi: axir ayol qandaydir yovuz mavjudot haqida yozgan-da.
Xorrorlar uchun yetarlicha standart tugallanmaga qaramasdan, film qiziqarli syujet va kuchli tushkun muhitga ega. “Zulmat va yovuzlik zamini” tomoshabinni keskin ushlab turish va vaqti-vaqti bilan seskantirish vazifasini qoyilmaqom qilib bajaradi.