верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Barselona”ning 2026-yildagi asosiy nishoni — “Manchester Siti” yulduzi
05.05.2025

“Barselona”ning 2026-yildagi asosiy nishoni — “Manchester Siti” yulduzi

“Barselona”ning 2026-yildagi asosiy nishoni — “Manchester Siti” yulduzi

“Barselona” klubi uzoq yillik inqirozdan so‘ng moliyaviy ahvolini ancha yaxshilab oldi. Bunga katta hissa qo‘shayotgan omillardan biri Nike kompaniyasi bilan imzolangan yirik shartnoma hisoblanadi. Shu  bois kataloniyaliklar endi katta transferlarni amalga oshirish haqida o‘ylamoqda.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Klubga yaqin manbalarning xabar berishicha, “Barselona” transfer bozorida yulduz futbolchilar uchun kurashga qaytishi mumkin. Klub prezidenti Joan Laporta “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandni Kataloniyaga olib kelishni istayotgani aytilmoqda.

El Nacional nashrining yozishicha, “Barselona” 2026-yilgi yozgi transfer oynasida norvegiyalik futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda. Klub uni Robert Levandovski o‘rniga asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Holand uchun sarflanadigan transfer summasi taxminan 175 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

E’tiborlisi, Holandning “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2034-yilgacha mo‘ljallangan. Shu bois bu transferni amalga oshirish “ko‘k-anorranglilar” uchun oson kechmasligi mumkin.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.