Bu hafta harorat +40 darajadan yuqori boʻlishi kutilmoqda


12−16-may kunlari Toshkent shahrida kutilayotgan ob-havo maʼlumoti e’lon qilindi.
Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, harorat +35° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi biroz bulutli boʻladi, havo harorati +20° gacha tushadi.
13-may kuni esa havo biroz bulutli boʻlib, harorat +37° gacha koʻtariladi. Kechasi ham biroz bulutli boʻladi va havo harorati +21° gacha tushishi kutilmoqda.
Chorshanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lishi, harorat +39° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Tunda esa havo biroz bulutli boʻladi va harorat +22° gacha tushadi.
15-may kuni havo biroz bulutli boʻladi, harorat esa +40° gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi esa biroz bulutli boʻlishi kutilmoqda, havo harorati +23° gacha tushadi.
Juma kuni tushdan keyin havo biroz bulutli boʻlib, harorat +41° gacha koʻtariladi. Shanbaga oʻtar kechasi havo biroz bulutli boʻlib, harorat +23° gacha tushishi kutilmoqda.