CAFA Nations Cup–2025: O‘zbekiston terma jamoasining raqiblari aniqlashtirildi


CAFA Nations Cup–2025 turniri uchun qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi A guruhidan o‘rin oldi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston termasi ushbu guruhda Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ummon terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. B guruhdan esa Tojikiston, Eron, Afg‘oniston va Malayziya jamoalari joy oldi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

A guruhi:
- O‘zbekiston (mezbon)
- Qirg‘iz Respublikasi
- Turkmaniston
- Ummon
B guruhi:
- Tojikiston
- Eron
- Afg‘oniston
- Malayziya
Ma’lumotlarga ko‘ra, CAFA Nations Cup–2025 turniri 28-avgustdan 8-sentyabrga qadar O‘zbekiston va Tojikiston hududlarida bo‘lib o‘tadi. A guruhidagi uchrashuvlar hamda musobaqa finali Toshkent shahrida, B guruhi bahslari va 3-o‘rin uchun o‘yinlar esa Dushanbe shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ummon va Malayziya termalari turnirga mehmon maqomida taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, turnirning amaldagi chempioni Eron terma jamoasi hisoblanadi. 2023-yilda Toshkentda o‘tkazilgan CAFA Nations Cup–2023 musobaqasi finalida Eron O‘zbekistonni 1:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.