верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Chorvoqda shisha osma koʻprik quriladi
19.04.2025

Chorvoqda shisha osma koʻprik quriladi

Chorvoqda shisha osma koʻprik quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni Oʻzbekistonda turizm va shahar infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. “Oʻzbekiston 24” telekanali ushbu tadbirdan tayyorlagan lavhasida Chorvoqda shisha osma koʻprik qurilishi haqida gap borgan.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Yusufxona va Sijjak mahallalarini bogʻlaydigan shisha osma koʻprik qurilishi reja qilinmoqda. 377 metrlik loyiha “Chorvoq darvozasi” turistik majmuasini kengaytirishning bir qismi boʻladi.

Boʻstonliq tumanidagi “Chorvoq darvozasi” majmuasi doirasida 16 ta koʻp qavatli uy, uchta mehmonxona, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, bank ofisi, 1000 ta avtomobil uchun toʻxtash joyi qurildi. Binolarga quyosh panellari oʻrnatildi.

Bundan tashqari, 2 gektarlik akvapark, tadbirlar oʻtkazish uchun maydon (1 gektar), 262 oʻrinli 3 yulduzli Wyndham Garden mehmonxonasi qurilishi rejalashtirilgan.

Yangi Toshkent shahri qurilish direksiyasi direktori, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Davron Odilov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Yusufxona va Sijjak mahallalarini bogʻlaydigan 377 metr uzunlikdagi osma koʻprik qurilishi rejalashtirilgani haqida maʼlum qildi. Taqdim etilgan slaydlarga koʻra, koʻprikning bir qismi shishali boʻladi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.