Xurgadaga emas, Sharm-al-Shayxga borishning 8 ta eng asosli sababi
Misr o‘zbekistonliklar orasida eng mashhur hisoblangan 10 ta eng yaxshi davlat sirasiga kiradi (2024-yilda ushbu mamlakatga turizm maqsadida 32 000 dan ortiq o‘zbekistonlik tashrif buyurgan).
Ushbu mamlakatni yil bo‘yi iliq ob-havosi, Qizil dengizi va bunday dam olish darajasiga nisbatan past narxlar tufayli tanlashadi. Eng mashhur kurortlar - Xurgada va Sharm-al-Shayx hisoblanadi. Biri ikkinchisidan afzal, har birining o‘z afzalliklari va kamchiliklari bor, deb qat’iy ayta olmaymiz. Hozir Sharm-al-Shayx nimasi bilan Xurgadadan afzal ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Nima uchun sayyohlar Sharm-al-Shayxni tanlashadi
- Shamol kamroq. Bu, ayniqsa, qishda seziladi.
- Qirg‘oqdagi riflar dayving va snorkling uchun mukammal sharoitlarga ega. Agar siz suzishni bilmasangiz ham, chiroyli baliqlar va riflarni tomosha qilishingiz mumkin.
- Sharm-al-Shayx - sayyohlar talabini inobatga olgan holda rivojlangan shahar. Shuning uchun shaharda mayxonalar, restoranlar, klublar ko‘p.
- Suvi tiniqroq. Gap shundaki, Xurgadada dengiz tubi qumli bo‘lgani sababli ko‘pincha loyqalanib qoladi.
- Premium mehmonxonalar ko‘proq, raqobat tufayli narxlar biroz arzonroq bo‘lishi mumkin. Xurgadada eskirgan mehmonxonalar ancha ko‘p.
- Mehmonxonadan tashqaridagi ko‘chalar ozoda. Xurgadada mehmonxona tashqarisidagi ko‘chalarga Sharm-al-Shayxdagidek yaxshi oro berilmagan.
- Kechki sayrlar uchun ko‘proq imkoniyatlar. Yuqorida ta’kidlanganidek, Sharm-al-Shayx sayyohlar uchun barpo etilgan shahar, u nisbatan tinch va xavfsiz. Kechki sayrlar uchun variantlar juda bisyor. Bu yerda ko‘p jihatdan Dubayga o‘xshab ketadigan Soxo ko‘rfazi mavjud.
- Bir dam olishda birvarakayiga uchta mamlakatga tashrif buyurish mumkin: Misrdan Isroil va Iordaniyaga sayohatga chiqish mumkin.
Ta’tilingizni tashkillashtirish uchun vaqt sarflashni xohlamaysizmi? Mehmonxonani to‘g‘ri tanlashingizga ishonchingiz komilmi? Bunday ishlar bilan shug‘ullanishni istamaysizmi? Yordam uchun 2001-yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi yetakchi sayyohlik kompaniyalaridan biri bo‘lgan FUN&SUN Travel sayyohlik agentligiga murojaat qiling.
FUN&SUN Traveldan Sharm-al-Shayxga sayohatlar haqida bepul maslahat olish uchun quyidagi bannerni bosing.
FUN&SUN Travel ma’lumotlariga ko‘ra Sharm-al-Shayxdagi eng yaxshi mehmonxonalar
- V Sharm El Sheikh mehmonxonasi. Bolalar bilan dam olish uchun eng yaxshilaridan biri hisoblanadi.
- Pickalbatros Royal Grand Sharm. Yosh bolalarsiz: mehmonxonada tashtif buyuruvchilarni 16 yoshdan boshlab joylashtirish mumkin.
- Pickalbatros Golf Beach Resort. Golf maydoni va tennis korti mavjud.
- Domina Coral Bay Aquamarine Beach. Dayving va snorkling uchun mashhur bo‘lgan Tiran oroli manzarasidagi Mars-El-Dehaylda joylashgan.
- Amphoras Beach. Sharm-al-Shayx mehmonxonalari uchun kamdan-kam uchraydigan qumli hududdagi sohillar mavjud.
Har bir mehmonxona haqidagi batafsil ma’lumotni bu yerdagi havola orqali olishingiz mumkin.
Misrga otlanayotganlar uchun tavsiyalar
- Jo‘mrak ostidan suv ichmang va undan tishni tozalashda foydalanmang.
- Salqin ichimliklarga qiziqmang, ichish uchun xona haroratidagi suvni tanlang.
- Yil fasllaridan qat’i nazar, o‘zingiz bilan quyoshdan himoyalovchi krem va chivinlarga qarshi vositani oling.
- Ekskursiyalar uchun agar bunday variantlar mavjud bo‘lsa, erta tong va kun botish vaqtini tanlang.
- Dengizda suzish uchun "koralkilar" - shippak sotib oling.
- Agar siz bilan bir necha farzandingiz kelgan bo‘lsa, mehmonxona nechta bepul bolalar karavotini taqdim etishga tayyorligini aniqlang (ko‘pincha bolalar sonidan qat’i nazar, faqat bitta bolalar krovati taqdim etiladi).
- Xonangiz yoqmadimi? Xonani almashtirish uchun ro‘yxatxonaga murojaat qiling. Ba’zan birinchi qavatdagi xonalarda basseynga chiqish uchun qulay bo‘lgan ayvonlar (balkonlar o‘rniga) bo‘ladi.
- Mehmonxona xodimlariga beriladigan kichik choy puli ularning sizga bo‘lgan munosabatini yaxshilashi mumkin. Umuman olganda, Misr mehmonxonalari xodimlari xayrixoh odamlar.
Sizning xorijda bo‘lish vaqtingizda yordamini olish maqsadida Sharm-al-Shayxda dam olishingizni tashkil etish uchun FUN&SUN Travel kompaniyasiga murojaat qiling
Hozirning o‘zidayoq
Toshkentdan Sharm-al-Shayxga parvoz qilinadigan turlar mavjud. Bepul maslahat olish uchun quyidagi bannerni bosing.