Disney “Muzlik davri” multfilmining oltinchi qismi chiqarilishini eʼlon qildi
Yangi multfilm 2026-yilda, beshinchi qism premyerasidan oʻn yil oʻtib katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Disney studiyasi mashhur “Muzlik davri” multfilmlar franshizasining oltinchi qismi chiqarilishini eʼlon qildi. Bu haqda Braziliyadagi D23 festivalida xabar berildi.
Yangi multfilm 2026-yilda, beshinchi qism premyerasidan oʻn yil oʻtib katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan. Loyihada barcha bosh qahramonlar ishtirok etadi, personajlarga ovoz bergan aktyorlar oʻz rollariga qaytadi. Syujet voqealari hozircha sir saqlanmoqda.
“Muzlik davri"ning birinchi qismi 2002-yilda prekera qilingan va tezda tomoshabinlar mehrini qozongandi. Franshiza animatsiya tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan multfilmlardan biriga aylandi va jahon prokatida 3,2 milliard dollardan ortiq pul yigʻdi.