Biznesingiz uchun kreditlar
РУ
O’Z
UZS
/
/
Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga ijaraga berilishi mumkin
09.01.2025 (yangilandi 09.01.2025)

Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga ijaraga berilishi mumkin

Eldor Shomurodov sobiq jamoasiga ijaraga berilishi mumkin

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Rimning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Italiyaning bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.

image

2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!

icon

“Romapress”ga ko‘ra, o‘zbekistonlik hujumchi “Kalyari”dan qaytgach, o‘zini ko‘rsata olmagani bois katta ehtimol bilan ijaraga beriladi.

“La Gazzetta dello Sport” nashri unga “Empoli”, “Kalyari” va "Venetsia” klublari qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.

Tez orada “Kalyari” 29 yoshli futbolchi transferi yuzasidan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Eldor 2023—24-yilgi mavsumni ushbu klub safida o‘tkazgan va 24 o‘yinda maydonga tushgan va 3 ta gol hamda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, Shomurodov “Roma” safida jami 62 o‘yinda qatnashib, 8 ta gol urgan va 7 ta golli pas bergan. “Transfermarkt” portali O‘zbekiston termasi sardorining bozor qiymatini 4 million yevroga baholagan. Futbolchining Rim klubi bilan shartnomasi 2026-yil yozigacha amal qiladi.

Bu qiziq

2 milliard so‘mgacha kredit!  Rasmiylashtirish – 1 kunda!
2 milliard so‘mgacha kredit! Rasmiylashtirish – 1 kunda!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.